Hafta davomida havo harorati asta-sekin kötarilişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.
Duşanba va seşanba kunlari Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farğona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Çorşanba kuni faqat vodiy viloyatlari böyiça qisqa muddatli momaqaldiroqli yomğirlar yoğişi mumkin. 24–25 aprel kunlari respublikaning barça hududlari böyiça yoğingarçilik kutilmaydi.
21 aprel kuni kunduzi respublika böyiça harorat +20…+25 daraja, iş haftasi oxiriga kelib +25…+30 daraja, şimolda, janubda va çöl hududlarda ba’zi joylarda +31…+33 darajagaça böladi.
Şamol birozdan örtaça tezlikkaça esadi, 24–25 aprelda ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi. 21–22 aprel kunlari respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toşkent şahrida duşanba keçga tomon va ertaga kunning ikkinçi yarmida biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Havo harorati +21…+24 daraja böladi. 23–25 aprel kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +25…+28 darajagaça kötariladi, keçalari +12…+15 daraja böladi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.












