26-27 aprel kunlari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifiga binoan Italiya Respublikasi bosh vaziri Jorjia Meloni rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.

Oqo‘rda yozganidek, oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida tomonlar Qozog‘iston-Italiya strategik sherikligini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

27 aprel kuni Ostona shahrida birinchi «Markaziy Osiyo – Italiya» sammiti bo‘lib o‘tadi.