Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskva tomonidan bir tomonlama tartibda e’lon qilingan «Pasxa sulhi»ni uzaytiriş taşabbusini ilgari surganiga qaramay, Kreml 21 aprel soat 00:00 dan boşlab jangovar harakatlarni qayta tiklaş niyatida. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Boşqa buyruqlar bölmadi», — dedi u TASS vakilining duşanbaga ötar keçasi sulh muddati tugaydimi yoki öt oçişni töxtatiş muddati uzaytirilişi mumkinmi degan savoliga javoban.
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otaşkesimni 19 aprel kuni RF Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov bilan uçraşuvda e’lon qildi. U 21 aprel yarim tunga qadar Rossiya armiyasi Ukraina frontida öt oçişni töxtatişini aytib, Kiyev tomonidan ham şu kabi qadam taşlanişiga umid bildirdi.
Öz navbatida Zelenskiy mazkur taşabbusini qöllab-quvvatladi, biroq Putinning harakati — bu «odamlar hayoti bilan öynaşning» navbatdagi urinişidan boşqa narsa emasligini ta’kidladi. Şu bilan birga, Ukraina prezidenti öt oçişni töxtatiş rejimiga haqiqatdan rioya qilinsa, uni davom ettiriş taklifini berdi. Ammo 20 aprel kuni ertalabdan har ikki tomon ham bir-birini öt oçiş va hujumlar davom etayotganiga aybladi.
Eslatib ötamiz, bundan oldin AQŞ vositaçiligida Rossiya va Ukraina örtasida energetika obektlariga zarba bermaslik böyiça kelişuv bölgan, 18 martdan boşlangan kelişuv 1 oyga tuzilgandi.








