● Butun dunyo böylab foydalanuvçilarning ehtiyojlarini tahlil qiliş Çery’ga premium-gibridlarning yagona standartlari – yuqori quvvatga ega arxitektura, samaradorlik, intellekt, xavfsizlik va yöltanlamasga xos imkoniyatlarini aniqlaşga yordam berdi.
● CSH (Chery Super Hybrid) afzalliklaridan foydalangan holda, Chery barça modellar uçun 1600 km dan ortiq işonçli harakatlaniş zaxirasi, xavfsizlik va universallikni taklif etadi.
● Chery uçun asosiy xalqaro bozorlardan biri bölgan Özbekiston ham maşhur modellarning gibrid versiyalari sotuvlarini boşlaşga tayyorlanmoqda – birinçi yangi avtomobillar tez orada taqdim etiladi.

2025 yil 10 aprel kuni Uxu (Xitoy) şahrida Chery kompaniyasining sönggi gibrid texnologiyalari taqdimoti bölib ötdi. Standartlar deklaratsiyasi va Chery Hybrid Open Source taşabbusi taqdim etildi. Chery Super Hybrid (CSH) brendi kompaniyaning global mobillikda quvib yetuvçidan yetakçiga ötişini belgilab berdi.
Global istiqbol: Chery gibrid texnologiyalar "uçligi"ni yaratmoqda
Chery gibridlarni işlab çiqişni 2001 yilda boşlagan, öşa paytda bu ğoya futuristik bölib tuyulgan. Bugungi kunda u Xitoyda eng yirik modellar qatoriga ega bölgan gibrid yönalişning yetakçisi hisoblanadi.
Chery raisi In Tunyuye kompaniya strategiyasi ekologiyaga zarar yetkazmaslik, hammaboplik, xavfsizlik va avtonomlik tamoyillariga asoslanganini ta’kidladi. 20 yildan ortiq faoliyatdan söng, Chery asosiy texnologiyalarga egalik qilmoqda, xavfsizlik standartlarini örnatmoqda va global hamkorlar bilan hamkorlikda oçiq ekotizimni rivojlantirmoqda.

Gibrid texnologiyalar sohaning barqaror rivojlanişida muhim rol öynamoqda va global ösişning asosiy drayveriga aylanmoqda.
Mukammal gibridlar "Törtta yuqori va bitta kuçli" global standartlarini talab qilmoqda
Chery keng kölamli: benzinli, gibridli, elektrli va vodorodli kuç qurilmalarini işlab çiqdi. CSH barça domenli arxitektura va noyob tajribani taklif etmoqda: samaradorlik, unumdorlik, intellekt, xavfsizlik va ötuvçanlik. FIK 46,5 foiz bölgan yangi gibrid dvigatel va FIK 93 foiz bölgan transmissiya 2.X l/100 km sarfini ta’minlaydi. DHT230/280 ga ega kuçli 2.0TGDI 280 kVt va 24 000 ayl/daqiqagaça oşiradi. Intellektual tizimlar har bir safarni maqbullaştiriş orqali harakat va energiyani boşqaradi. Xavfsizlik 10 ta himoya darajasi, 5 dona data-markazi va 800 xil diagnostika funksiyalari bilan ta’minlanadi. Yölsiz hududlar uçun alohida kuç yeçimlari mavjud. Şuningdek, FIK 48 foizdan yuqori bölgan yangi avlod gibrid dvigateli ham taqdim etilgan.












