Oliy sud 2025 yilning I çoragi davomida Özbekistondagi jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan körilgan işlar yuzasidan statistikani taqdim qildi. Ma’lum bölişiça, uşbu muddatda 19 ming 646 nafar şaxsga nisbatan 15 ming 681 ta jinoyat işi körib çiqilgan, 108 nafar şaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.

Sudlangan şaxslar soni 15 369 nafarni taşkil etib, şundan 4 764 nafar şaxsga ozodlikdan mahrum qiliş va 10 319 nafariga boşqa turdagi jazolar tayinlandi, 286 nafar şaxs şartli hukm qilindi. Sudlangan şaxslarning 13 611 nafari erkak, 1 708 nafari ayol, 6 066 nafari yoşlar (şu jumladan 702 nafari voyaga yetmagan) va 601 nafari 60 yoşdan oşgan şaxslar.

2 042 nafar şaxs ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlanişi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi. Şuningdek, 8 181 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 2 746 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almaştirildi.

3 765 nafar şaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravişda qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarib taşlandi yoki qayta malakalandi. 27 nafar şaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.

Hisobot davrida körilgan jinoiy işlarning aksariyatini:

  • firibgarlik;
  • transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş;
  • öğrilik;
  • giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlar;
  • özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş;
  • hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş;
  • bezorilik;
  • qasddan badanga yengil şikast yetkaziş;
  • qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş kabi jinoyatlar taşkil etadi.

Şuningdek, yaraşuv institutining qöllanişi natijasida 3 429 nafar şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Apellyatsiya tartibida 2 706 nafar şaxsga nisbatan 2 064 ta jinoyat işi körib çiqildi. 92 nafar şaxsga nisbatan birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 825 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirildi.

Kassatsiya tartibida 1 523 nafar şaxsga nisbatan 1 330 ta jinoyat işi körib çiqildi. 115 nafar şaxsga nisbatan birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 475 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirildi.