23 apreldan boşlab my.gov.uz orqali yangi avtotransport vositasini röyxatdan ötkaziş uçun onlayn ariza yöllaş imkoniyati sinov tartibida işga tuşirildi.

Qayd etilişiça, hozirça bu imkoniyat Toşkent şahridagi «Fayzobod» röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş (RO‘ va IO) bölimida sinovdan ötkazilmoqda. Test muvaffaqiyatli yakunlansa, tizim avval Toşkent şahri böylab, keyinçalik qolgan hududlarda joriy etilişi rejalaştirilgan.

Talabgor arizani şakllantirişda xizmatni qaysi körinişda olişini belgilaydi:

  • Arizaçi RO‘ va IO bölimiga borgan holda röyxatdan ötkaziş;
  • Sayyor xizmat — YHXX xodimining özi belgilangan manzilga keladi (qöşimça tölov asosida).
  • Xizmat körsatiş uçun belgilangan tölovlar quyidagiça:
  • röyxatdan ötkaziş — BHMning 6,84 barobari (2,56 million söm), elektromobil, motolar, tirkamalar uçun — 1,5 barobar (562,5 ming söm);
  • davlat raqami — BHMning 3,5 barobari (1,31 million söm);
  • qayd etiş guvohnomasi (texpasport) — BHMning 0,7 barobari (262,5 ming söm);
  • texnik körik — BHMning 0,1 barobari (37,5 ming söm).

Sayyor xizmat uçun (10 kilometrga):

  • 1 kunda kelsa — BHMning 4 barobari (1,5 million söm);
  • 3 kunda — BHMning 3 barobari (1,125 million söm);
  • 5 kunda — BHMning 2 barobari (750 ming söm).

10 kilometrdan ortiq masofa uçun har kilometrga BHMning 0,05 barobari (18 ming 750 söm) qöşib boriladi.

Ariza my.gov.uz orqali yuborilganida, talabgorga davlat raqam belgisi va tölov uçun invoys taqdim etiladi. Tölov amalga oşirilgaç, «Fayzobod» RO‘ va IOga borib, arizadagi davlat raqam belgisi aytiladi, YHXX inspektori transport vositasini körikdan ötkazadi va sizga davlat raqami hamda texpasportni taqdim etadi.