Har ikki jamoa ham la liganing sönggi uç turida ğalabali seriya qayd etgan bölsa-da, «Real» va «Barselona» klasikoga turli holatda yetib keldi. Kataloniyaliklar bu safar ham oson ğalabaga erişadimi? Madridliklarning imkoniyati nimada? «Çempionat» kolumnisti Georgiy Ilyuşçenko Ispaniya Kubogi finali arafasida şu savollarga javob berişga harakat qildi.

«Barselona» nima uçun favorit?

Hansi Flik boşqaruvi davrida «Barselona» faol pressing qiladigan va raqiblar maydonning öz darvozasi tomonidagi qismida bemalol uzatma oşirişiga yöl qöymaydigan jamoaga aylandi. Bunga köp jihatdan mudofaa çiziğini ança yuqori joylaştiriş orqali erişiladi. Ba’zida esa oşirib ham yuborişadi. Kataloniyaliklar taşabbusni öz qöliga olib, özlari uçun odatiy bölgan pas öynaş bilan şuğullanişadi. Töp yöqotilişi bilanoq, orqaga yuguriş örniga, darhol töpni olib qöyiş uçun taşlanişadi, raqib futbolçilari böş zonalardan mahrum qilib, ularga erkin harakatlanişga imkon bermaydi.

Gollar böyiça yaqqol ustunlik sababi ham şunda. La Ligada ham («Real»ning 66 goliga qarşi 89), Çempionlar Ligasida ham: umumiy guruh bosqiçida 28 ta gol (eng yaqin körsatkiç «Borussiya» tomonidan qayd etilgandi - 22 ta gol), pley-offdagi tört öyinda yana töqqiz gol urildi. Bunday holdan toydiradigan uslubga qarşi çora topiş qiyin. «Real»ning kuçli davridagi pleymeykerlar - Kroos va yoşroq Modriç bilan buni amalga oşiriş hozirgi «Real»dan köra ança osonroq bölardi. Nima bölganda ham, Luka yoşi ötgani sayin yuqori tempni uşlab turişga qiynalmoqda.

Madridliklar futboli esa xaotik körinişda. Jamoaga uyğunlik va moslaşuvçanlik yetişmayapti. «Real» fevral oxiridan buyon heç bir raqibni ikkita yoki undan köp töp farqi bilan yenga olmagan. Olti öyinda bittadan ortiq gol urilmagan. Aralaş tarkibdagi «Atletik» bilan öyinda katta qiyinçilik bilan sönggi daqiqalarda ğalabaga erişildi, «Xetafe» esa Kurtuaga juda köp muammo tuğdirdi. Balki «Alaves» bilan öyin osonroq keçgan bölardi, ammo Mbappe birinçi bölimdayoq qizil kartoçka olişi bunga yöl qöymadi. Yakunda jamoa yarim soatdan ortiq vaqt mobaynida ozçilikda öynab, töpga egalik qiliş va zarbalar beriş böyiça raqibdan ortda qoldi.

«Arsenal» bilan javob öyinida uçta gol urilişi kerak bölganida, futbolçilar faqat jarima maydoniga manzilsiz töp oşirişdan boşqa yöl topa olmadi. «Barsa» bilan final öyiniga xarakterning öziga tayanib öynaş yanada qiyinroq. «Leganes» va «Vilyarreal» bilan öyinlarda minimal hisoblarda ğalaba qozonilgandi, ammo öyin borasida yaqqol ustunlik kuzatilmagandi.