Kiyev va Vaşington AQŞning Ukrainaga körsatgan yordamini ikki davlat imzolaydigan foydali qazilmalar böyiça kelişuvga kiritmaslikka kelişib oldi. Bu haqda 27 aprel, yakşanba kuni Ukraina boş vaziri Denis Şmixal özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Şmixalning sözlariga köra, Vaşingtonda AQŞ moliya vaziri Skott Bessent bilan muzokaralari çoğida AQŞ da’volari böyiça aniq kelişuvga erişilgan. Rasmiylarning uçraşuvlari Jahon banki va Xalqaro valuta jamğarmasining (XVJ) yillik konferensiyasi bölgan bahorgi uçraşuvlar doirasida bölib ötdi.
«Asosiysi, biz qizil çiziqlarimizni aniq belgilab oldik, kelişuv Yevropa majburiyatlariga mos kelişi va Ukraina Konstitutsiyasi va qonunçiligiga zid bölmasligi kerak», — deya izoh berdi Ukraina boş vaziri vaziyatga. Hujjat imzolanişidan oldin körsatilgan yordam hisobga olinmasligi töğrisida kelişuvga erişildi.
Şmixalning sözlariga köra, «yuridik guruhlar» hali ham hujjat matni ustida işlamoqda va kelişuv kelajakda Oliy rada tomonidan ratifikatsiya qilinişi kerak. Amerika tomoni hozirgi vaziyatga izoh bermadi.












