Tramp Putinni töxtatolmadi, Osiyoda yangi uruş xavotiri – hafta dayjesti
|00:58 / 28.04.202524 07911 min
Ortda qolayotgan hafta voqealarga boy böldi. Osiyoda yana bir xavfli mojaro avj olib, Hindiston va Pokiston uruş yoqasiga kelib qoldi. Oxirgi kunigaça insoniyatni uruşlarni töxtatişga çaqirgan Rim papasi Fransiskning janozasi ham uruş muhokamasi uçun xizmat qildi. Bir neça daqiqa vaqtingizni ayamasangiz, hafta davomida dunyomizda sodir bölgan şu va boşqa muhim voqealarni yodga olamiz.
Hindiston va Pokiston mojarosi
Haftaning eng xavotirli voqeasi Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar taranglaşgani böldi. Barçasi Kaşmirda sodir etilgan teraktdan boşlandi. 22 aprel kuni olti jangari Kaşmirning Hindistonga qaraşli hududida 26 sayyohni otib öldirdi. Dehli bunda Pokistonni ayblab, qöşni davlat fuqarolariga berilgan barça vizalarni bekor qildi. Pokiston ham şunday qildi.
Vaziyat şunçalikka bordiki, Hindiston Pokistonga boradigan daryolarni tösib qöyiş bilan tahdid qilib, 1960 yilda imzolangan suv böyiça kelişuvdan çiqdi. Ikki yadroviy davlat uruş yoqasiga kelib qolgani butun dunyoda xavotir uyğotdi. Ikki qöşni örtasidagi munosabatlar ançadan buyon bunaqa tarang holatga kelmagandi.
Rim papasi vafot etdi
21 aprel kuni Vatikanda argentinalik Xorxe Mario Bergolo yoki şunçaki Rim papasi Fransisk 90 yoşida vafot etdi. Rim katolik çerkovi yepiskopi, ya’ni Rim papasi lavozimiga odatda yevropalik rohiblar saylanadi. Fransiskkaça 1200 yil davomida bu an’ana buzilmagan. VIII asrdagina suriyalik Grigoriy III papa lavozimiga saylangan. Fransisk Argentinaga köçib borgan italyan muhojirlari oilasidan çiqqan rohib edi.
26 aprel kuni Vatikanda papa bilan vidolaşuv marosimi ötkazildi. Unga butun dunyodan yuqori martabali mehmonlar borişdi. Aynan şu marosim sabab Italiya boş vaziri Jorjiya Meloni Samarqandga taşrifini bekor qilişga majbur böldi.
Rim papasi oxirgi yillarda insoniyatni uruşlarni, qirğinlarni tugatişga çaqirib keldi. Eng oxirgi ommaviy çiqişida ham Ğazodagi uruşni tugatişga çaqirgandi. Papaning dafn marosimi ham uruş muhokamasi uçun xizmat qildi desak böladi. Marosimda qatnaşgan Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy ikkita stulni töğrima-töğri qöyib ötirişdi-da, uruşni muhokama qilişdi. Bu ularning Oval kabinetdagi janjaldan keyingi ilk uçraşuvi böldi. Oq uy uçraşuvni samarali deb baholadi.
Rossiyada: qurol omborida portlaş va general ölimi
Mavzuga oid
Hafta davomida Rossiyaning Vladimir oblastida joylaşgan öq-dori omborida jiddiy portlaş sodir böldi. Rasmiy xabarga köra, xavfsizlik talablari buzilgani sabab detonatsiya yuzaga kelgan. Bu harbiy bazada katta miqdorda raketa va öq-dorilar saqlangan. Keyinroq portlaşga Ukraina droni hujumi sabab bölgani haqida xabarlar paydo böldi. Portlaş sodir bölgan hududda Rossiya Mudofaa vazirligiga Boş raketa-artileriya boşqarmasiga tegişli 51-arsenal joylaşgan. Mustaqil naşrlarga köra, aynan mana şu ombor portlagan. Snaryad parçalari bir neça km.ga soçilib ketgan. Yonğin bir neça kun davom etib, uni öçirişga vertolyotlar jalb qilingan.
25 aprel kuni Moskva yaqinida Balaşixa şahrida köp qavatli uy oldida avtomobil portlab ketdi. Rossiya kuçişlatar tuzilmalariga yaqin Telegram-kanallar portlaş natijasida Rossiya qurolli kuçlari boş ştabining yuqori martabali mulozimi, general-leytenant Yaroslav Moskalik ölgani haqida xabar berdi. Keyinroq bu çindan harbiylar yaşaydigan hudud ekani ma’lum böldi. Portlaş Ukraina tomonidan amalga oşirilgani taxmin qilinmoqda, lekin hozirça heç qanday rasmiy ma’lumot yöq.
«Vladimir, STOP»
Haftaning eng şov-şuvli postini tabiiyki, Donald Tramp yozdi, axir post yozişda unga teng kelib bölarmidi. Respublikaçi oxirgi vaqtlar Ukrainani tanqid qilib, Rossiyaga xuş yoqadigan gaplarni yozayotgandi. Biroq bu gal boşqaça. Tramp Kiyevdagi fuqarolik obektlariga zarbalarda şaxsan Putinni ayblab, uni töxtaşga undadi. «Kiyev böylab zarbalardan mamnun emasman. Umuman kerak bölmagan, bemavrid iş. Vladimir, töxta», deb yozdi Tramp öziga tegişli Truth ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Şuningdek, Tramp hafta davomida Ukrainaga bosim ötkazişni kanda qilmadi. AQŞ prezidenti Ukraina hamon nodir metallar böyiça kelişuvni imzolaşni paysalga solayotganini aytdi. Kiyev sulh böyiça AQŞ taklif qilayotgan şartlarni qabul qilmasa, Vaşington oradan çiqişini ham eslatdi.
Putin: «Kursk töliq nazoratimizda»
26 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk oblasti tölaligiça nazoratga olinganini aytdi. Kreml Putin va ştab boşliği Gerasimovning video formatdagi muloqotini e’lon qildi. General Gerasimov Putinga hisobot berib, Kursk tölaligiça Rossiya armiyasi nazoratiga ötganini aytdi.
Videohisobotda Gerasimov şimoliy koreyalik askarlar Kursk uçun jang qilganini aytib, ularni maqtadi. Şu tariqa Rossiya ilk marta Ukrainaga qarşi uruşda Şimoliy Koreya harbiylari qatnaşganini rasman tasdiqladi. Bungaça Moskva bu xabarlarni feyk deb kelayotgandi.
Ma’lumot uçun, Ukraina ötgan yili 6 avgust kuni Kurskka bostirib kirgan va 1200 km kvadrat maydonni egallab olgandi. Kiyev Kurskdan töliq çekingani haqida hozirça bayonot bergani yöq.
Turkiyada zilzila
23 aprel kuni Turkiyaning Istanbulga yaqin hududida 6,2 magnitudali zilzila sodir böldi. Silkinişlar Istanbulda sezilgan. Zilzila epimarkazi Istanbuldan 80 km ğarbda, 7 km çuqurlikda bölgan. Taxminan yarim soat davomida bir neçta silkiniş, keyinroq 51 ta afterşok qayd etilgan. Ulardan eng kuçlisi 5,9 magnitudali bölgan.
Bu Istanbuldagi oxirgi yillarda kuzatilgan eng jiddiy zilzila böldi. Silkiniş kuçi 300 km uzoqdagi Anqara va Bolgariyada ham sezilgan. Zilzila sabab bir neçta taşlandiq binolar qulagan, lekin şahar jiddiy zarar körmagan.
Ikki yil avval Turkiya va Suriyada sodir bölgan kuçli zilzila 50 mingdan ortiq odam ölimiga sabab bölgan, butun boşli şaharlar vayronaga aylangandi. Öşa zilziladan keyin Istanbulda ham zilzila bölişi taxmin qilinadi. Şu bois istanbulliklar bu zilzilani katta xavotir bilan qarşiladi.
Qirol qurollanişga çaqirdi
Niderlandiya qiroli Villem-Aleksanr Limburg tinçlik va xavfsizlikda yaşaş uçun mamlakatni jiddiyroq qurollantirişga çaqirdi. «Erkinlik va tinçlik doim öz-özidan mavjud bölişiga haddan taşqari işonib yubordik. Ukrainadagi voqealar bunday emasligini körsatdi», dedi qirol.
Yevropaning eng tinç davlatlaridan biri bölgan Niderlandiya ötgan yili mudofaa sohasiga qöşimça 716 million yevro ajratgandi. Endi qirollik qurollaniş uçun yana 1,1 milliard yevro sarflaşi kutilmoqda.
Yevropaning boşqa davlatlari ham AQŞ ittifoqçilikdan voz keçayotgani fonida qurollanişga zör bermoqda. Masalan, Germaniyada harbiy sohaga köproq pul ajratiş uçun butun boşli konstitutsiyaga özgartiriş kiritildi. Olmonlar boş qomusiga «qarz tormozi» degan tuşunçani kiritgan. Bu davlat qarzi yalpi içki mahsulot hajmining 0,35 foizidan oşişini taqiqlaydi. Özgartirişda bu çeklov harbiy sohaga taalluqli emasligi belgilab qöyildi.
Pasxa sulhi
Hafta boşida Rossiya tomoni Putin e’lon qilgan pasxa sulhi yakunlanib, harbiy harakatlar davom ettirilgani haqida bayonot berdi. Putin 19 aprel kuni nasroniylar diniy bayrami pasxa bayrami munosabati bilan ikki kunlik otaşkesim e’lon qilgandi. Keyinçalik Zelenskiy ham agar ruslar otmasa, biz ham otmaymiz, deb sulhni qabul qildi.
Biroq tomonlar bir-biriga öt oçmasligini kim nazorat qilişi noma’lum edi. Şu sabab ikki tomon muntazam bir-birini sulhni buzişda aybladi. Xuddi oldinroq kelişilgan energoobektlarga zarba bermaslik oyligida bölgani kabi bu gal ham heç qanday sulh alomati sezilmadi.
Uruş mana şunaqa narsa, örtoqlar. Okopda jon berib uruşayotgan odam uçun yagona qadriyat tirik qolişdir. Şunday ekan kimdir uruşni nazorat qila olaman, men aytganda uruş falon soatda tugaydi deb öylagan odam adaşadi. Uruşni nazorat qilyapman deb öylagan odamning özi aslida uruşning nazoratiga tuşib qolgan böladi.
Qrim yana kun tartibida
Ukraina va Rossiya örtasidagi uruş muhokamasida oxirgi vaqtlarda yana Qrim masalasi kun tartibiga çiqib qoldi. Rossiya 2014 yilda anneksiya qilgan hudud haqida Trampgaça gapirdi. Bejizga emas, Amerika taklif qilayotgan tinçlik kelişuvining şartlaridan biri aynan Ukraina Qrimni Rossiyaniki deb tan oliş ekani aytilmoqda. Zelenskiy heç qaçon bunday bölmaydi degani amerikaliklarga yoqmaganiga qaraganda Vaşington çindan şunday talab qöygan.
Jurnalistlar Trampdan xöp, janob prezident, Ukraina siz aytayotgandek öz yerlaridan voz keçişi kerak ekan, Rossiya-çi, Putin qanday hududiy yon beradi, deb söraşdi. Trampning aytişiça, Putin Ukrainaning qolgan qismini bosib olmaslikka könişining özi hududiy yon beriş kerak ekan. Nima ham derdik, diplomatik daho.
Yölkirani «tuya qilgan» haydovçi
Endi haftaning eng zör xabariga keldik. Yaponiyada 29 yildan beri avtobus boşqarib keladigan haydovçi 2022 yil Kiotoda yölovçilardan biri bergan 1000 yuanlik kupyurani kassaga emas, çöntagiga solgani ma’lum böldi. Bu holatni aniqlaş uçun butun boşli guruh tuzilgan, ular kameradan holatni aniqlaşgan. Ma’lumot uçun, 1000 yuan 7 dollar atrofida pul böladi.
Uzoq yillik tajribaga ega haydovçi uç yil oldin qilgan bu harakati uçun işdan böşatilgan. Şuningdek, unga mehnat faoliyati davomida işlab topgan 84 ming dollar atrofidagi nafaqa puli ham berilmaydigan böldi. Avvaliga erkak öziga berilgan jazo haddan taşqari qattiq deb sudga murojaat qilgan va yutib çiqqan. Lekin Yaponiya Oliy sudi haydovçining xatti-harakati Yaponiya jamoat transporti tizimiga işonçsizlik uyğotişi sabab pensiya pulini bekor qiliş böyiça hukmni qayta tiklagan.
Sud bu haydovçi avval ham bir neça marta hayfsan olgani, masalan, avtobusda yölovçi bölgan vaqtda sigaret çekkaniga ham e’tibor qaratgan. Ana şunaqa gaplar dunyoda. Bu sizlarga yetkazmoqçi bölgan xabarlarimizning oxirgisi edi. Haftalik dayjest loyihasi bilan kelasi yakşanbada körişgunça.
Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.