Turkiyaning Konya şahrida yaşovçi Rahmi Karademir operatsiya va undan keyin kutilmaganda arteriyasi bekilib qolişi oqibatida ona tilini unutib, faqat dan tilida gapirişni boşladi. Bu haqda şifokorlarga tayanib Anadolu agentligi xabar berdi.
Karademirning tizzasi ötgan hafta operatsiya qilingan. Ikki kundan keyin uning öng qöl va oyoği falajlangan, şuningdek, u tildan qolgan. Şifokorlar tekşiruvidan keyin uning miya arteriyasi bekilib qolgani aniqlangan. Quyulib qolgan qon olib taşlangan va bemorning ahvoli yaxşilana boşlagan. Ammo şundan keyin u faqat dan tilida gapirişni boşlagan, turk tilida esa birorta ham sözni talaffuz qila olmagan.

Erkak uzoq yillar — qariyb 20 yil Daniyada yaşagan, oxirgi 10 yildan beri Turkiyada istiqomat qilib keladi.
Selçuk universiteti şikofori Gekxan Ozdemirning tuşuntirişiça, tibbiyotda bu kabi holatlar kuzatilgan, ammo juda kamdan kam holatda uçrab turadi. Uning sözlariga köra, insult yoki trombozdan keyin bemorlar ba’zida tillardan birini unutadi yoki ançadan beri foydalanmay kelgan tilida gapirişni boşlaydi.
Mutaxassislarning hisoblaşiça, bemor yaqin vaqtlar içida turkça nutqini tiklaşi mumkin. Karademirning özi tarjimon orqali turk tilini tuşunayotgani, ammo heç narsa deya olmayotganini aytgan.












