Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat muhojirlari uçun öz maqomini qonuniylaştiriş muddatini uzaytirdi. Huquqiy hujjatlar portalida davlat rahbarining tegişli farmoni paydo böldi.

Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy bölgan çet el fuqarolari yoki fuqaroligi bölmagan şaxslar 2025 yil 10 sentabrgaça öz huquqiy holatini tartibga solişi yoki mamlakatni tark etişi kerak.

2024 yil dekabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin muhojirlardan 30 aprelgaça öz maqomini qonuniylaştiriş yoki mamlakatni tark etişni talab qiluvçi farmonni imzoladi. RBK ta’kidlaganidek, hujjat Rossiyaning ötgan bahorda boşlangan migratsiya siyosatining keskinlaşuvi oqibati bölgan.

5 fevraldan boşlab Rossiyada migratsiya qonunçiligini buzgan xorijliklarni öz içiga olgan nazorat ostidagi şaxslar reyestri işga tuşirildi. Röyxatga kiritilgan migrantlar 30 aprelga qadar yo Rossiya Federatsiyasini tark etişi yoki Rossiya Içki işlar vazirligi orqali öz maqomini tartibga solişi kerak.

Özbekiston elçixonasi vatandoşlarni Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi saytida öz maqomini tekşirişga va turli xil oqibatlarni keltirib çiqarmaslik uçun uni qonuniylaştiriş çoralarini körişga çaqirdi.