Ronald Reygan milliy aeroporti ustida yölovçi samolyoti bilan töqnaşgan Black Hawk armiya vertolyoti uçuvçisi balandligini pasaytiriş böyiça ogohlantirişlarga e’tibor bermagan. Bu haqda The New York Times ekspert xulosasiga tayanib xabar bermoqda.

Maqolada qayd etilişiça, Ronald Reygan nomidagi aeroportning boşqaruv markazida samolyot halokatga uçragan kun xodimlar soni kam bölgan, şu bois bir kişiga layner va Black Hawk vertolyotini kuzatiş vazifasi yuklangan.

Vertolyot aeroportga yaqinlaşganda, ekipaj dispetçerning töğridan töğri körsatmalarisiz qölda yönaltirişni öz içiga olgan vizual boşqaruvga ötişni söradi. Bu sörov ma’qullangan.

Şu bilan birga, Black Hawk uçuvçisi Rebekka Lobax ikkinçi uçuvçi va mas’ul parvoz instruktorining balandligini pasaytiriş haqidagi ogohlantirişlariga javob qaytarmagan. Mutaxassislarning fikriça, bu manyovr yölovçi layneri bilan töqnaşuvning oldini olişi mumkin edi.

30 yanvar kuni Amerika poytaxti osmonida Kanzasdan uçayotgan yölovçi samolyoti va harbiy vertolyotning töqnaşuvi sodir böldi. Öşa paytda samolyot qöniş uçun Ronald Reygan xalqaro aeroportiga yaqinlaşayotgan edi.

Töqnaşuvdan söng ikkala havo kemasi ham Potomak daryosiga qulagan. Samolyot bortida tört nafar ekipaj a’zosi va 60 nafar yölovçi, jumladan, AQŞ figurali uçiş böyiça terma jamoasi sportçilari va murabbiylari bölgan. Vertolyotda, öz navbatida, uç nafar harbiy xizmatçi bölgan. Ularning heç biri omon qolmadi.