2014 yildan 2024 yilga qadar butun dunyo böylab uruş yoki gumanitar inqirozga uçragan mamlakatlardan qoçgan 72 mingdan ortiq odam halok böldi. Bu haqda BMT tizimiga kiruvçi Migratsiya böyiça xalqaro taşkilotning (IOM) yangi hisobotida söz boradi.
Hisobot mualliflarining ta’kidlaşiça, migrantlar orasida qayd etilgan 54 foiz ölim holatlari mojarolar yoki tabiiy ofatlar röy bergan mamlakatlar içida yoki ularga yaqin hududda sodir bölgan. Ölim holatlari böyiça migrantlar uçun eng xavfli yönaliş Markaziy Örta Yer dengizi bölib qolmoqda. Ön yil davomida u yerda qariyb 25 ming kişi dengizga çökib ketgan yoki bedarak yöqolgan.
Qurbonlarning eng köp qismi Afğoniston (5046 kişi), Myanma (3149), Efiopiya (1923), Suriya (1433) va Gvatemaladan (792). Şu bilan birga, IOM’ga köra, uşbu ma’lumotlar töliq emas va halok bölganlar soni «ança köp bölişi mumkin».
«Migrantlar juda köp holatlarda e’tiborsiz qoladi, ayniqsa, harbiy mojarolar va tabiiy ofatlar hududlarida», — deyiladi hisobotda.
Eslatib ötamiz, 2024 yilda boşqa mamlakatlarga yetib borişga uringan kamida 8 938 migrant halok bölgan edi. Bu yillik ölim holatlari böyiça rekord daraja bölib, mazkur körsatkiç ötgan yilni eng halokatli yilga aylantirgan.









