Özbekiston Boş prokuror örinbosari Şohrux Aminov rahbarligidagi vazirlik va idoralar delegatsiyasi 29 aprel kuni Moskvada bölib ötgan mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qiliş masalalari böyiça Özbekiston–Rossiya idoralararo işçi guruhining birinçi yiğilişida iştirok etdi. Bu haqda boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Rossiya Federatsiyasi Boş prokurori örinbosari Pyotr Gorodov rahbarligida prokuratura, Federal xavfsizlik xizmati, Taşqi işlar, Içki işlar vazirliklari va boşqa idoralar vakillari kiritilgan.

Özbekiston işçi delegatsiyasi tarkibiga esa Boş prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, taşqi işlar, içki işlar va soğliqni saqlaş vazirliklari vakillari kiritilgani aytilgan edi.

«Tadbir davomida tomonlar migratsiya sohasidagi amaldagi holat, muammoli jihatlar va ularni hal etiş yöllarini muhokama qildi. Yiğiliş iştirokçilari ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda migratsiya sohasida qonuniylikni ta’minlaşga qaratilgan hamkorlikdagi çora-tadbirlarni işlab çiqişga kelişib oldi.

Şuningdek, ikki davlat Boş prokuraturalari Özbekiston fuqarolarining Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oşiriş maqsadida kelişi hamda Rossiya fuqarolarining Özbekistonga kelişlari jarayonida ularning huquqlariga rioya etilişi ustidan nazorat va kuzatuvni kuçaytiriş majburiyatini oldi”, - deyiladi xabarda.

Tadbir yakunida delegatsiyalar rahbarlari mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qiliş masalalari böyiça Özbekiston–Rossiya idoralararo işçi guruhining birinçi majlisida qabul qilingan qarorlar aks etgan bayonnomani imzolagan.

Imzolangan bayonnoma ijrosi Özbekiston va Rossiya Boş prokuraturalari tomonidan alohida nazoratga olinadi.