“Jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘larni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning dolzarb masalalari: global tendensiyalar va mahalliy yechimlar” mavzusidagi bu tadbir AVO bank hamda Compliance Academy hamkorligida tashkil etildi.

Anjuman doirasida:
· JYTD va TMKK sohasida nazorat tizimidagi yangi o‘zgarishlar;
· FATF standartlaridagi yangiliklar va ularning oqibatlari;
· Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilishning huquqiy asoslari;
· Qozog‘istonda AML jarayonlarini raqamlashtirish tajribasi;
· Moliyaviy tashkilotlarning ichki nazoratida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari;
· MShOM faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari masalalari muhokama qilindi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Dow Jones, BMT, EAG, AVO bank va boshqa tashkilotlar mutaxassislari ma’ruza qilishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy monitoring departamenti direktori o‘rinbosari Bekzod Salimov tadbirning ahamiyati haqida gapirdi:
“Bizning sohada xavf-xatarlar juda tez o‘zgaradi. Shuning uchun mutaxassislar doimiy ravishda yangi xatarlardan boxabar bo‘lishi kerak. Chunki texnologiyalar yangilanadi va xavflar ham shunga monand yangilanadi. Mutaxassis esa bunga doim tayyor turishi kerak. Bunday tadbirlar shunday yangi texnologiyalar ular ortidan kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida ma’lumot almashishda yaxshi platforma bo‘lib xizmat qiladi.

AVO bank yangi banklardan biri hisoblanadi va raqamli bo‘lgani sabab ularda IT mutaxassislar hamda tajriba ko‘p. Raqamli banklarda esa legallashtirishga qarshi kurashishga oid ekspertlarni bevosita IT xodimlari bilan birga ishlashi yaxshi samara beradi. Shu sabab ularda xavflarni boshqarish tizimi yaxshi shakllangan va rivojlangan bo‘ladi. AVO bank ham shunday banklardan biri sanaladi.















