Rossiyaning Irkutsk viloyatida Irkutsk ölatga qarşi kuraş instituti xodimi Darya Şipilovaning vafoti munosabati bilan «profilaktik çora-tadbirlar majmuasi» yakunlandi, deb xabar berdi gubernator Igor Kobzev. Uning sözlariga köra, marhumda «şifoxonadan taşqari pnevmoniya» bölgan.

Mulozimning aytişiça, Şipilova emlangan bölib, «özi işlagan xavfli infeksiyalarga nisbatan immunitetga ega bölgan». Kobzevning taʼkidlaşiça, rasmiylar institutda «patogen mikroorganizmlar bilan işlaşda avariya holati» yuz berganini aniqlamagan. Bundan taşqari, mutaxassislar Şipilova bilan muloqotda bölgan barça şaxslar ustidan olib borilgan tibbiy kuzatuvni yakunlagan va ularning salomatligida heç qanday özgariş qayd etilmagan.

«Irkutsk va Şelexov şaharlarida sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror. <…> Axborot bosimi şaroitida mutaxassislar vaziyatni sinçiklab örganib çiqdi. Bu sinov edi, biroq biz undan yoruğ yuz bilan ötdik», dedi Kobzev.

«Rospotrebnadzor» ham Irkutsk viloyatida aholi salomatligi uçun heç qanday xavf yöqligini, mintaqadagi sanitariya-epidemiologik holat «barqaror» ekanini qöşimça qildi.

2-oktabrga ötar keçasi Irkutskning yöldoş şahri Şelexovda ölatga qarşi ilmiy-tadqiqot institutining 28 yoşli xodimi Darya Şipilova vafot etdi. Şundan söng rasmiylar u bilan muloqotda bölgan 200 ga yaqin kişini karantinga oldi. «Lyudi Baykala» naşrining xabar berişiça, Irkutskdagi bir neçta şifoxona karantinga yopilgan. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda marhum özi işlagan laboratoriyada öpka ölatini yuqtirib olib, vafot etgani haqida xabarlar tarqala boşladi. «Rospotrebnadzor» esa ayolning ölimiga «etiologiyasi nomaʼlum pnevmoniya» sabab bölganini rasman maʼlum qildi.