28 aprel kuni Toşkentda havo harorati 37 darajagaça kötarilib, poytaxt jamoat transporti, xususan, avtobuslarda harakatlanuvçi yölovçilarda konditsionerlar yoqilmagani yuzasidan e’tirozlar paydo böldi.

Kun.uz bu masalada “Toşşahartransxizmat” AJ bilan boğlandi. Ta’kidlanişiça, avtobuslardagi konditsionerlar asosan yoz mavsumiga ötganda yoqilişi belgilangan.

“Ammo ungaça havo harorati 26 daraja issiqni taşkil etsa va yölovçilar sovitkiçni yoqişni sörasa, haydovçilar buni bajarişi kerak. Agar haydovçi konditsionerni yoqişdan boş torsa, fuqarolar 1062 işonç raqamiga qönğiroq qilişlari yoki AJning murojaatlar bölimiga öz şikoyatlarini bildirişi mumkin”, – deydi matbuot xizmati rahbari.

Kompaniya bölim boşliği Saidmahmud Toşkentboyevning aytişiça, poytaxtda harakatlanuvçi ayrim, jumladan, Mercedes-Benz, Man rusumli avtobuslarda konditsionerlar mavjud emasligi hisobiga ham noqulaylik yuzaga kelmoqda. Ammo ularning soni qança ekani oçiqlanmadi.

“Avtobuslarning özida zavod tomonidan işlab çiqarilganda konditsioner bölmasligi mumkin. 2025 yilda Yutong kompaniyasi tomonidan 200 ta elektrobus olib kelinyapti, şu avtobuslarni Toşkent şahar markaziga qöysak, konditsionersiz [ayrim] avtobuslarni almaştirgan taqdirimizda yölovçilarga qöşimça qulayliklar yaratilgan böladi”, – deydi u.

Toşkentboyevga köra, yölovçilardan konditsionerlar işlamayotgani yuzasidan murojaatlar kelib tuşmayapti.

“Hozir ob-havo isib ketmagani, yoz mavsumi kirib kelmagani uçun murojaatlar köp bölmasa kerak. Çunki bölganida bizga ham qaysidir qismi kelar edi yoki murojaatçilarning özi töğridan töğri aloqaga çiqar edi. Hozir ob-havo mö’tadilroq bölgani uçun unday [murojaatlar] yöq desa ham böladi”, – dedi rasmiy.

2023 yilda “Toşşahartransxizmat”ning barça avtobus oynalari qoraytirilişi yuzasidan topşiriq berilgandi. Kompaniya bölim boşliğiga köra, buning ijrosi böyiça öşa vaqtda IIV tomonidan beğaraz “tonirovka plyonkalari” va ruxsatnoma berilgan.

“Ammo 1-2 holatlarda tonirovka (plyonkasi – tahr.) köçib qolgan bölişi mumkin, negaki eng oxirgi partiya avtobuslarimiz kelganidan beri salkam 2 yil vaqt ötdi. Bu vaqt mobaynida nafaqat jamoat transporti, balki yangi avtotransportlarning ham tonirovkasi köçib qoladi. Maxsus texnik komissiyasimiz bor, avtobusning taşqi va içki holatini nazorat qiliş böyiça haftada 2 marta kuzatib boradi. Tonirovkasining köçgani böyiça ham xatlov ötkaziladi”