Elektron sigaretalarni taqiqlagan Senat, mahallalarda boşlanayotgan raislik saylovlari, Dilfuza Ismoilovani çuv tuşirgan firibgar ustidan sud va mast holda avto olib qoçib işdan olingan sudya — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Mahalla raislari saylovi boşlanadi

1 maydan Özbekiston böylab mahalla raislarini saylaş jarayoni start oladi. U 9 ming 452 ta mahallada ötkazilib, iyul oyigaça davom etadi.

Özbekiston mahallalari uyuşmasi ma’lumotiga köra, har bir saylov uçastkasida kun, vaqt va joy haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi. Joriy saylovlarda 208 ta tuman va şahardagi kömaklaşuvçi komissiyalar qaroriga asosan, vakillar soni aniqlangan.

Saylovlar «Fuqarolar yiğini raisi saylovi töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgartişlarga muvofiq ötkaziladi. Bundan buyoğiga mahalla raisi ham 5 yil muddatga saylanadi.

May-iyul oylarida bölib ötadigan bu saylovlarda 2 mln 591 823 nafar vakil iştirok etişi kutilmoqda.

Turagentlik bilan litsenziyasiz şuğullaniş mumkin

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi turagentlik faoliyatini soddalaştiruvçi qonun loyihasini qabul qildi. Endi turizm agentliklari litsenziya olmasdan öz faoliyatini boşlaşi mumkin.

Qonunga muvofiq, turagentlik faoliyatini boşlagan yoki tugatganlik haqida Davlat xizmatlari agentligiga faqat xabarnoma yuborişning özi yetarli böladi. Bu şu sohada iş boşlamoqçi bölib turgan tadbirkorlar uçun katta yengillik hisoblanadi.

Qonun bilan jami 13 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinmoqda. Yana 3 turdagi litsenziya xabarnoma tartibiga ötkaziladi.

Hujjat litsenziyalaş sohasidagi byurokratiyani kamaytiriş va tadbirkorlik muhitini yaxşilaşga qaratilgan. Endi loyiha Senat körib çiqişi va prezident tomonidan imzolanişi kerak.

Dilfuza Ismoilovani çuv tuşirgan ayol qamaldi

Xonanda Dilfuza Ismoilovani 80 ming dollarga çuv tuşirgan ayol ozodlikdan mahrum etildi. Sud hukmi keça, 29 aprel kuni Toşkentda öqildi.