2 may kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Bobur Usmonov Rossiya elçisi Oleg Malginov bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda Özbekiston tomoni Rossiya tomonining e’tiborini RFda Özbekistondan kelgan mehnat muhojirlarining huquqlari buzilişi va ularga nisbatan qöpol muomala holatlari haqidagi köpayib borayotgan xabarlarga qaratdi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
“Bunday holatlar Rossiya hududida mehnat faoliyati olib borayotgan Özbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini buziş hisoblanişi, bu huquq va erkinliklar esa yaşab turgan mamlakat qonunçiligi asosida ta’minlanişi lozimligi ta’kidlandi.
Şu munosabat bilan, kötarilgan masalani sinçkovlik bilan örganiş va Özbekiston tomonining xavotirlarini Rossiya Federatsiyasining tegişli vakolatli organlariga yetkaziş zarurligi alohida qayd etildi”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq Taşqi işlar vazirligi Özbekistonning mingdan ortiq fuqarosi Rossiya tomonidan yollanib, Ukrainadagi uruşga jalb etilgani haqidagi ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan örganilayotganini ma’lum qilgandi.
Ukraina tomoni taqdim etgan röyxatda özbekistonlik ekani aytilayotgan 1100 ga yaqin şaxsning ism-familiyasi, tuğilgan sanasi, RF Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzgan sanasi, harbiy xizmatdagi şaxsiy raqami va 109 kişining vafot etgan sanasi körsatilgan. Marhumlardan eng yoşi hali 22 yoşga tölmagan bölgan, yana biri RF Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzganidan 8 kun ötib halok bölgan.
29 aprel kuni Moskvada Özbekiston va Rossiya mas’ul idoralarining ikki mamlakat fuqarolarining huquqlariga rioya etilişi ustidan birinçi qöşma yiğilişi bölib ötdi. Yiğiliş yakunida imzolangan bayonnoma bilan, Rossiya Boş prokuraturasi özbekistonlik migrantlarning huquqlari ta’minlanişi yuzasidan nazoratni kuçaytiriş majburiyatini oldi. Öz navbatida, Özbekiston Boş prokuraturasi ham mamlakat hududidagi rossiyaliklar huquqlariga rioya etilişi böyiça kuzatuvni kuçaytiradi.













