2 may kuni Rossiya hududlariga havo hujumi paytida Ukraina qurolli kuçlari Novorossiysk yaqinida Qora dengiz uzra Rossiyaning Su-30 köp maqsadli qiruvçi samolyotini urib tuşirdi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi (GRU) xabar berdi.

Hujum Magura harbiy-dengiz droni tomonidan R-73 «havo-havo» raketasi bilan amalga oşirilgan, oqibatda qiymati 50 million dollarlik samolyot yonib ketgan va dengizga qulagan.

«Dunyoda birinçi marta jangovar samolyot dengiz droni tomonidan yöq qilindi», deb xabar berdi GRU.

Samolyotning urib tuşirilişiga Rossiya Mudofaa vazirligi izoh bermadi, ammo bir qator rossiyaparast kanallar buni tasdiqladi.

R-73 raketasi qiruvçi samolyotlardan uçiriş uçun möljallangan sovet işlanmasi bölib, vaqt ötişi bilan quruqlik va dengiz taşuvçilaridan uçirişga moslaştirildi. Rossiya armiyasining keng kölamli bosqinidan oldin ham, Ukraina korxonalari uşbu raketalarni ta’mirlaş va modernizatsiya qilişni yölga qöygan edi. 2023 yil dekabr oyida Rossiyaning ikkita Mi-8 vertolyoti ana şunday tizim yordamida urib tuşirildi.