Rossiya prezidenti Vladimir Putin vorisi kim bölişi haqida «doim» öylaşini ma’lum qildi. Şuningdek, u özida nomzodlar röyxati borligiga şama qildi.
«Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil» hujjatli filmida Putin öz vorisi «xalq işonçini» qozonişi kerakligini, aks holda prezidentda «nimadir jiddiy iş qiliş imkoniyati» bölmasligini ta’kidlagan. Uning aytişiça, xalqda tanlov bölişi uçun nomzodlar bir neçta bölgani yaxşi.
Turli yillar davomida Putinning vorisi sifati boş vazir Mixail Mişustin, boş vazir örinbosari Dmitriy Patruşev, prezident ma’muriyati rahbari örinbosarlari Sergey Kiriyenko va Dmitriy Kozak, Moskva meri Sergey Sobyanin, Davlat kengaşi kotibi Aleksey Dyumin qarab kelingan. Putinning özi Boris Yelsinning vorisi hisoblanadi. Yelsin 1999 yil 31 dekabrda iste’foga çiqişini e’lon qilib, vakolatlarini unga topşirib ketgandi. Bunga qadar Putin kuç tuzilmalari va hukumatda muhim lavozimlarni egallagan, jumladan, Federal xavfsizlik xizmati direktori va boş vazir bölgan. Film davomida u nima uçun davlat rahbari bölganiga heç qaçon şubha qilmaganini ta’kidladi.
Putin 72 yoşda. 2024 yilda u beşinçi marta prezidentlikka öz nomzodini ilgari surdi. Saylovlarga mustaqil nomzodlar qöyilmadi. Markaziy saylov komissiyasi Putin 87 foizlik rekord natija bilan ğalabaga erişganini e’lon qildi.
Bunga qadar Putin 2000, 2004, 2012 va 2018 yillar davomida prezident etib saylangan. Mamlakat konstitutsiyasi eng yuqori davlat lavozimini ketma-ket ikki martadan ortiq egallaşni taqiqlaydi. 2008 yilda uşbu çeklovga «rokirovka» yordamida rioya qilingan — öşanda hokimiyat tört yilga Dmitriy Medvedevga ötgandi. 2012 yilda Putin prezidentlik vakolatlari muddatini 6 yilgaça uzaytirişni taklif qilgan va bu amalga oşgan edi. Uşbu özgarişlar Medvedevga ta’sir körsatmadi. Keyingi 10 yillik boşqaruvdan keyin Putin oldingi prezidentlik muddatlarini «nollaştiriş» va yana saylovlarda qatnaşiş uçun konstitutsiyani özgartirişga qaror qildi. Şunday qilib, u 2030 yilgi saylovlarda ham iştirok etib, undan keyin yana 6 yil mamlakatni boşqara oladi. Amaldagi Rossiya qonunçiligiga muvofiq, davlat rahbari vafot etsa, uning vakolatlari boş vazirga ötadi.









