Yiğilişda ta’kidlanişiça, «El-yurt umidi» jamğarmasi prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlaş böyiça «El-yurt umidi» jamğarmasi etib qayta taşkil qilinadi.
Şuningdek, Davlat boşqaruvi akademiyasi prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasi etib qayta taşkil etiladi. Ular Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi bilan birga kadrlar tayyorlaş klasteriga aylantiriladi.
Jumladan, istiqbolli mutaxassislarni xorijda tayyorlaş böyiça bakalavriat, magistratura va doktorantura bilan bir qatorda davlat xizmatçilari olti oygaça maqsadli stajirovkaga yuboriladi. Bunda energetika, urbanizatsiya, transport, arxitektura, geodeziya, yer munosabatlari, texnika, muhandislik kabi iqtisodiyotning drayver sohalariga, davlat boşqaruvi va dolzarb ijtimoiy yönalişlarga ustuvorlik beriladi.
Xalqaro reytinglardagi top-yuztalikka kirgan universitetlarga grant asosida öqişga qabul qilingan nomzodlarga «El-yurt umidi» stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi. Şuningdek, xalqaro transport va turar joy xarajatlari imtihonlarsiz qoplab beriladi.
Top-yigirmatalikdagi universitetlar bakalavriatiga 50 foiz grant asosida qabul qilingan Prezident maktablari bitiruvçilariga stipendiyalar tanlovlarsiz ajratiladi.
Xorijda öqiyotgan talabalar bilan doimiy muloqotda böliş, ularning ehtiyojlarini aniqlaş hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarida yordamlaşiş maqsadida «El-yurt umidi» jamğarmasi stipendiatlarining ota-onalari kengaşi tuziladi. Elçixona va konsulliklarga talabalarga huquqiy va taşkiliy kömak körsatiş vazifalari yuklatiladi.
Yangi tizimga asosan, endi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasida davlat xizmatçilari uçun 3 ta dastur – malaka oşiriş, qayta tayyorlaş va magistratura yölga qöyiladi. Barça uzoq va örta muddatli öquvlar xorijiy hamkorlar bilan qöşma ta’lim dasturlari hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining tayanç tavsiyalari asosida taşkil etiladi.
Magistraturada «Davlat boşqaruvi», «Davlat siyosati», «Hududlarni kompleks rivojlantiriş», «Inson resurslarini rivojlantiriş» va «Davlat moliyasini boşqariş» yönalişlarida 18 oygaça muddatda çuqurlaştirilgan bilimlar beriladi. Davlat buyurtmasidan taşqari tölov-kontrakt şaklida ham talabgorlar qabul qilinadi.
Akademiyada ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar sifatini oşiriş böyiça tavsiyalar beriş, nufuzli xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik örnatiş uçun Xalqaro akademik maslahat kengaşi tuziladi.












