Özbekiston prezidentining tegişli farmoni bilan Jasur Solihov Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Jasur Solihov 1976 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Buyuk Britaniyaning York universitetida magistr darajasini olgan. Şuningdek, Yaponiyaning «Vaseda» universitetining Xalqaro strategiya yönalişi böyiça magistrlik darajasini tamomlagan hamda Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti Oriyel kollejida tadqiqotçi sifatida faoliyat olib borgan.

U 2014 yildan 2023 yil boşiga qadar Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Jasur Salihov Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uçun, Davlat boşqaruvi akademiyasi rektori lavozimida 2020 yil noyabridan buyon Adham Bekmurodov işlab kelayotgandi.

Bekmurodov bir vaqtning özida «El-yurt umidi» jamğarmasi ijroçi direktori lavozimini ham özida uşlab turgandi.

Gulnoza Ismoilova

Endi uning örniga Gulnoza Ismoilova prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlaş böyiça «El-yurt umidi» jamğarmasi ijroçi direktori lavozimiga tayinlandi.

Gulnoza Ismoilova — yuridik fanlari doktori, professor. Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. «Iqtisodiyot» ixtisosligida ikkinçi mutaxassislikka ega (Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti).

Tayinlovga qadar u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori lavozimida işlab kelayotgan edi.