Muloqot davomida O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot yo‘nalishida ta’lim va davolash muassasasini tashkil etish bo‘yicha pokistonlik tadbirkor tomonidan ilgari surilgan loyiha yuzasidan fikr almashildi.

Loyihani amalga oshirish imkoniyatlari, huquqiy tartib-taomillar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini bildirdi va kelgusida loyiha yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.