Özbekistonda har yili 600-700 million dollar mablağ samaradorligi isbotlanmagan va örganilmagan dorilarga sarflanmoqda. Bunday dorilarning importdagi uluşi 42 foiz. 

Rivojlangan davlatlar dalillarga asoslangan tibbiyotga tayanib, keng miqyosda ötkazilgan klinik tadqiqotlar orqali samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan dorilardan foydalanadi.

Soğliqni saqlaş vazirligiga xalqaro tan olingan manbalarda «samarasiz yoki samarasi örganilmagan» deb topilgan preparatlarni klinik protokollardan çiqarişni boşlaş topşirildi.

Barça tibbiyot muassasalari, birinçi galda bolalar şifoxonalarida antibiotiklarni asosli qöllaş böyiça kompleks reviziya ötkaziladi va protokollarga amal qilmagan xodimlarga nisbatan çora köriladi.

Boş prokuraturaga retseptli dorilarni noqonuniy sotganlik uçun javobgarlik muqarrarligini ta’minlaş topşirildi. 

«Elektron retsept» tizimini Toşkent şahrining Yunusobod tumanida töliq işga tuşirib, butun respublikaga namuna qiliş vazifasi qöyildi.