Buyuk Britaniyada 400 yil içida birinçi marta tabiiy muhitda yovvoyi qunduz yaşayotgani aniqlandi. Şu vaqtgaça uşbu jonzotlarni mamlakat hududida faqat qöriqxonalarda uçratiş mumkin edi, deb yozmoqda BBC.
Qunduzni tabiatşunos Iolo Uilyams Uels daryosida suratga olişga muvaffaq bölgan. Uilyams kemiruvçi bilan uçraşuvni «ajoyib hodisa» deb atab, uni mamlakatdagi eng yaxşi voqealar reytingida birinçi öringa qöydi.
Britaniyada ommaviy ovlar tufayli yovvoyi qunduzlar yöqolib ketgan. Oxirgi 20 yil içida ularning populyatsiyasi tiklanmoqda. Şu bilan birga, Uelsda kemiruvçining paydo bölişi jumboqligiça qolmoqda, çunki ular faqat maxsus qöriqxonalar hududida yaşaydi va litsenziya bölmasa ularni oçiq daryoga qöyib yuboriş taqiqlanadi.
Qunduzlar fondi vakili doctor Robert Nidhem qunduzlarning qaytişini tabiat uçun foydali deb atadi. Bu boşqa turlar soni ham tiklanişi mumkinligini anglatadi.
Ammo ayrim ekspertlar qunduzlarning köpayib ketişidan xavotirda — ular quradigan töğonlar maydonlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin. Kemiruvçilarning özi esa qişloq xöjaligi yerparini payhon qilib, daraxtlarga şikast yetkazadi.









