Loyiha Toşkent şahridagi Nordik xalqaro universiteti va Skandinaviya davlatlaridagi özbek vatandoşlari uyuşmalari tomonidan amalga oşirilmoqda.

Mazkur loyihani işga tuşiriş böyiça vebinar ötkazildi. Unda loyiha taşabbuskorlari, Şvetsiya, Daniya va Norvegiyadagi yurtdoşlar iştirok etişdi. Vebinarda öquv maşğulotlarini taşkil etiş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

– Skandinaviya davlatlarida minglab özbek yurtdoşlarimiz istiqomat qiladi va mehnat faoliyati bilan şuğullanadi. Ular bilan ötkazilgan muloqotlarda vatandoşlarni taşvişga solayotgan eng asosiy mavzulardan biri – bu yoş avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalaş ekanligi ma’lum böldi. Jahon tajribasidan ma’lumki, ikkinçi va uçinçi avlod muhojirlarida uşbu riştalarning susayişi va hatto uziliş xavfi mavjud.

– Şvetsiyadagi minglab yurtdoşlarimiz uşbu loyihani qöllab-quvvatlamoqda. Birinçi maşğulotimizni joriy haftada boşlaymiz, unga qiziqiş juda katta. Ilk kunlardanoq 100 dan ortiq bola röyxatdan ötdi. Eng asosiy yurtdoşlarimiz uşbu loyihadan juda xursand. Bularning negizida, eng avvalo, davlatimiz rahbarining bizga, Vatandan uzoqda istiqomat qilayotgan va mehnat qilayotgan özbekistonliklarga qaratayotgan katta e’tibori yotibdi, – dedi loyiha taşabbuskorlaridan biri, Şvetsiyadagi Özbek milliy madaniy markazi rahbari Zilola Yölçiyeva.