2025 yil 1 iyundan özgalar parvarişiga muhtoj voyaga yetgan şaxslarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.
Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar körsatilişi yölga qöyiladi:
🔹 uy şaroitida ijtimoiy-maişiy yordam körsatiş xizmati;
🔹 uy şaroitida qarab turiş xizmati;
🔹 tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
🔹 kunduzgi qatnov asosida qarab turiş xizmati;
🔹 şaxsiy yordamçi xizmati.
Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş xarajatlarining bir qismi vauçer asosida qoplab beriladi.
Vauçer qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya şaklida tölanadi.
Vauçer beriş va uning qiymatini tölaş “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oşiriladi.
















