Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) mamlakat hududida Vengriya harbiy razvedka tarmoği topilganini e’lon qildi. Qayd etilganidek, bu mamlakat tarixidagi birinçi şunday holat.

SBU bayonotida aytilişiça, agentlar Zakarpatya viloyati mudofaasi, xususan, S-300 havo mudofaa tizimining koordinatalari haqida ma’lumot töplagan, undagi zaif tomonlarni qidirgan va mahalliy aholining ijtimoiy-siyosiy qaraşlarini, şu jumladan Vengriya armiyasining ehtimoliy bosqiniga munosabatini örgangan.

Bundan taşqari, ular Ukraina qurolli kuçlarining Rossiya bilan uruşdagi yöqotişlari va frontdagi vaziyat haqida ma’lumot töplagan. Ikki agent hibsga olindi, ulardan biri 40 yoşli ukrainalik sobiq harbiy bölib, u 2021 yilda yollangan va «kutiş rejimiga» ötkazilgan. Ularning kuratori, Ukraina razvedka xizmatlariga köra, Vengriya harbiy razvedkasining mansabdor xodimi bölgan.

Reuters xabariga köra, Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto matbuot anjumanida SBU hisobotini «Ukraina propagandasi, bunga ehtiyotkorona munosabatda böliş kerak», dedi.

Biroq, Siyyarto tez orada diplomatik niqob ostida josuslik bilan şuğullangani aytilgan ikki ukrainalik diplomat Vengriyadan çiqarib yuborilişini e’lon qildi.