Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Rossiyaga nisbatan tajovuzkor bölsa, Ğarb davlatlari bilan uruş boşlaşi mumkinligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.

Unga köra, agar Ğarb Rossiyaga «hujum» qilsa, öz armiyasiga ruslarga hujumni qaytarişda yordam berişni buyuradi.

«Agar Qöşma Ştatlar va uning ğarbiy malaylari bölmiş yadro davlatlari qardoş mamlakatimiz Rossiya Federatsiyasiga harbiy bostirib kiriş haqidagi xavfli ğoyasidan voz keçmasa va hujumga ötsa, men mamnuniyat bilan va heç ikkilanmasdan duşmanning bosqinini qaytariş uçun harbiy kuç işlatişni buyuraman», dedi u.

Kim Çen In, şuningdek, bu şimoliy koreyaliklar uçun «birodarlar va örtoqlar sifatida» bajarişi lozim bölgan «muqaddas missiya» deb atadi.

Avvalroq Kim Çen In öz jangçilarining Rossiya-Ukraina uruşidagi iştiroki özini oqlaşini ma’lum qilgandi. Uning sözlariga köra, agar Qöşma Ştatlar Rossiyaga qarşi harbiy provokatsiyalarni davom ettirsa, Şimoliy Koreya harbiy kuç işlatişdan tortinmaydi.