AQŞ va Xitoy özaro savdo tariflarini 90 kun muddatga pasaytirişga kelişib oldi, deya xabar bermoqda Bloomberg.

Ikki tomon 2025 yil yanvaridan buyon ilk marta yuzma-yuz muzokaralar ötkazdi. Jyenevada ikki kun davom etgan muzokaralarda AQŞdan moliya vaziri Skott Bessent, XXRdan boş vazir örinbosari He Lifen iştirok etdi. Ular savdo ziddiyatini yumşatişga va ikki mamlakat iqtisodiyotlariga moslaşiş uçun vaqt berişga kelişib olgan.

AQŞ 145 foizlik bojlarini 30 foizgaça, Xitoy esa 125 foizdan 10 foizgaça tuşiradi. Uşbu dastlabki kelişuv muddati 90 kun deb belgilandi.

Skott Bessent ham, He Lifen ham muzokaralar “konstruktiv” va “oçiq” ötganini aytib, savdo uruşidagi deeskalatsiya haqida bayonotlar berdi.

AQŞning savdo masalalari böyiça vakili Jyeymison Grirga köra, erişilgan kelişuv Amerikaning 1,2 trillion dollarlik savdo defitsitini qisqartirişga yordam beradi.

Prezident Donald Tramp Xitoy bilan “munosabatlarni döstona, lekin konstruktiv tarzda töliq qayta örnatişga” erişilganini aytdi. U Xitoyning Amerika biznesi uçun “oçilayotgani”ni körişni xohlayotganini qöşimça qildi.

Kelişuv haqidagi yangilik duşanba kuni Xitoy va Hongkongdagi fond birjalarida kötarilişga olib keldi – seşanba kuni AQŞ birjalari ham yuqori kayfiyatda oçilişi kutilmoqda. Şuningdek, yuanning dollarga nisbatan mustahkamlanişi ham kuzatilmoqda.

Ayni paytda, Xalqaro savdo palatasi boş kotibi örinbosari Endryu Uilsonga köra, bojlarning pasaytirilişi aytilgan darajasi ham baribir yuqoriligiça qoladi: tariflar 20 foizdan yuqori bölib qolgan taqdirda ham, baribir xalqaro savdo oqimlariga jiddiy tösiq bölib qolaveradi.

AQŞ va Xitoy örtasidagi navbatdagi savdo uruşi 2025 yil 2 apreldan boşlangandi. Öşa kuni Donald Tramp 183 ta mamlakat tovarlariga nisbatan bojlar e’lon qilgan, lekin köp ötmay javob çoralarini kiritmagan mamlakatlar uçun oşirilgan stavkalarning amal qilişini töxtatgandi. Lekin Xitoy uçun avvaliga 34 foizdan boşlangan bojlar, Pekinning javob qaytarişi ortidan, bir neçta qadamda 145 foizgaça kötarilgan, öz navbatida Xitoy AQŞ mahsulotlari uçun bojlarni 125 foizgaça oşirgandi.

Dunyoning ikki eng yirik iqtisodiyoti örtasidagi savdo uruşi global iqtisodiyotda beqarorlikni kuçaytirgan.