AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina zudlik bilan Rossiyaning taklifiga rozi bölişi va 15 maydan Turkiyada töğridan-töğri muzokaralarni boşlaşi kerakligini ma’lum qildi.

«Heç bölmaganda, ular bitim tuziş mumkinmi yoki yöq — şuni aniqlab olişadi. Agar mumkin bölmasa, unda Yevropa yetakçilari hamda AQŞ vaziyat qandayligini köradi va tegişli tarzda harakat qilişlari mumkin böladi!» — deb yozadi Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğiga.

«Men Ukraina Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabani nişonlaş bilan juda band bölgan Putinning taklifiga rozi bölişiga şubha qila boşladim. Bu uruşni AQŞsiz yutib bölmasdi (hatto yaqin ham bora olmasdi!)», — deb yozadi AQŞ prezidenti.

«UÇRAŞINGLAR, HOZIRNING ÖZIDA!!!» — deya yakunlagan u.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz navbatida RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarda uçraşişga tayyorligini ma’lum qildi.

«Ertaga biz öt oçiş töliq va uzoq muddatga töxtatilişini kutyapmiz — bu diplomatiya uçun zarur asos yaratadi. Qotillikni çözişning heç qanday ma’nosi yöq. Va men Putinni payşanba (15 may) kuni Turkiyada kutaman. Şaxsan,» — deb yozadi Zelenskiy özining Telegram kanaliga.

Vladimir Putin 11 mayga ötar keçasi Kremlda matbuot anjumani ötkazib, Ukrainaga «2022 yilda töxtatib qöyilgan» töğridan-töğri muzokaralarni 15 maydan Istanbulda, dastlabki şartlarsiz boşlaşni taklif qildi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Rossiyaning tinçlik sulhiga rozi bölişini kutayotgani va Kiyev Moskva bilan muzokaralar ötkaziş uçun uçraşuvlarga tayyorligini ma’lum qildi.