Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabariga köra, samolyot bortida Rossiya Içki işlar vazirligi xodimlari hamrohligida, ota-ona qaramoğisiz qolgan, voyaga yetmagan Özbekiston fuqarosi olib kelindi.
Voyaga yetmagan bola Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga vaqtinça joylaştirildi.
Bolani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi kömagida oldindan tayyorlangan ota tarafdagi oilasi kutib oldi. Voyaga yetmagan fuqaro uçun ijtimoiy qöllab-quvvatlaş işlari uning doimiy yaşaş joyida davom ettiriladi.
Özbekiston Içki işlar vazirligi, Taşqi işlar vazirligi va prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining samarali hamkorligi natijasida 2025 yil 13 may holatiga qadar jami 54 nafar voyaga yetmagan fuqaro vatanga qaytarildi.








