Davlat xavfsizlik xizmati vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini tezkor ravişda qabul qiliş maqsadida Koll-markaz faoliyat yurita boşladi.
Qayd etilişiça, bu «Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonunga muvofiq DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini tezkor ravişda qabul qiliş maqsadida işga tuşirilgan. Koll-markazga 1520 qisqa raqami orqali qönğiroq qiliş mumkin.
Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi:
- Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bölgan tajovuzlar haqida;
- davlat çegarasi qöriqlanişi va himoya qilinişiga böladigan tahdidlar;
- Qurolli kuçlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga böladigan tahdidlar;
- terrorizm, ekstremizm, uyuşgan jinoiy guruhlarga oid;
- qurol-yaroğ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir jinoyatlar haqida;
- davlat manfaatlariga tahdid soluvçi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar yuzasidan;
- milliy, etnik va diniy adovatni tarğib etiş;
- davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvçi huquqbuzarliklarning sodir etilişiga doir boşqa axborotlar.
Şu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasida (jinoyat işining tergovga tegişliligi) belgilab qöyilgan va tergovi DXX vakolatiga kiritilgan Jinoyat kodeksining 150-163- (tinçlik va insoniyat xavfsizligiga qarşi jinoyatlar, Özbekiston Respublikasiga qarşi jinoyatlar), 182- (bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş), 223- (qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekistonga kiriş), 246-moddalarida (kontrabanda) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.
Ta’kidlanişiça, «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi qonunning 38-moddasiga asosan mazkur qonunni buzganlik, xuddi şuningdek, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab böladi.
«Murojaat qilgan fuqarolarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi», — deyiladi xabarda.












