Şavkat Mirziyoyev 14 may kuni Toşkent şahrida rejalaştirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanişdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 24 dekabrdagi qarori bilan Toşkent şahrining 2045 yilgaça bölgan davrga möljallangan boş rejasi tasdiqlangan edi. Boş rejaga köra, poytaxt hududi 3 ta – konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratilgan.
Jumladan, renovatsiya zonasiga eski, kam qavatli uylar, şaharsozlik va zilzilabardoşlilik talablariga javob bermaydigan binolar kiritilgan. Ular bosqiçma-bosqiç bartaraf etilib, böşatilgan hudud zamonaviy loyihalar asosida qaytadan qurilişi közda tutilgan.
Taqdimotda şu boradagi rejalar haqida axborot berildi.

Qayd etilişiça, boş rejada 300 dan ortiq renovatsiya manzili belgilangan. 2025-2026 yillarga möljallangan birinçi bosqiçda 65 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan. Bu orqali mazkur hududlar funksional jihatdan boyitiladi, aholi uçun şaroitlar yaxşilanadi, atrof obodonlaştiriladi. Natijada eski va zamonaviy mavzelar orasidagi tafovut bosqiçma-bosqiç qisqartirib boriladi hamda ular özaro uyğunlaştiriladi. Binolar kam maydonda qurilib, mavjud daraxtlar saqlab qolinadi, yangi yaşil hududlar barpo etiladi.
Davlat rahbari bu loyihalarning şahar arxitekturasi va infratuzilmasiga mosligini çuqur örganiş, geologik va seysmik tahlillar asosida xavfsizlik jihatidan takomillaştiriş böyiça körsatmalar berdi. Turar joylar maktab-boğça kabi ijtimoiy muassasalar, dam oliş şaroitlari bilan hamohang bölişi zarurligini ta’kidladi.
Şaharning «öpkasi» daraxtzorlar bölsa, ariq va kanallar uning «qon tomiri». Prezident körsatmasi bilan, yangi boş rejada bu masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Toşkent şahri va uning atrofidagi yaşil hududlarni 3 karra köpaytirib, 25 ming gektarga yetkaziş maqsad qilingan. Bu, öz navbatida, suv yöllarini yaxşilaşni talab etadi.

Taqdimotda şahar irrigatsiya va drenaj tarmoqlarining yangi boş reja bilan uyğunlaştirilgan tizimi ham körib çiqildi. Unga köra, 2030 yilgaça 100 kilometr kanallar rekonstruksiya qilinib, atrofida sayilgohlar taşkil etiladi.












