Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 may kuni Turkiyada ötkaziladigan uçraşuvda Rossiya tomonidan kim qatnaşişi töğrisida ma’lumotni kutmoqda. Uning sözlariga köra, Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor.

Rossiya tomonidan sönggi bir kun içidagi öqqa tutişlar haqida gapirar ekan, Zelenskiy ehtimoliy muzokaralarni yodga oldi. «Butun dunyo töğridan-töğri muzokaralar taklifi uçun Putindan oddiy «ha» javobini kutayotgan vaqtda — u Ukrainaga zarbalar berişni davom etyapti. Bunda heç qanaqa harbiy ma’no yöq», — deydi Ukraina prezidenti Putinni uruşni çözişda ayblab.

«Men Rossiyadan kim kelişini kutyapman va şunda Ukraina qanday qadamlar taşlaşi kerakligini belgilayman. Ularning mediasidagi signallar hozirça işonçsiz», — deya qöşimça qiladi Zelenskiy. U AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Turkiyadagi muzokaralarda iştirok etişi mumkinligini eslatib ötdi.

Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina öz navbatida, muzokaralarning har qanday formatiga tayyor. «Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor va biz uçraşuvdan qörqmaymiz. Ertaga — Turkiyada», — deydi u.

15 may, payşanba kuni Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari boşlanişi mumkin. Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan 14 may kuni uning formati «hali uzil-kesil belgilab olinmagani»ni aytdi. Bu Moskva va Kiyev örtasida 2022 yil bahoridan buyon ilk muzokaralar bölişi kerak, öşanda tomonlar uruşning dastlabki haftalarida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişişga uringandi.