Tokio politsiyasi Şibuya tumanida öğirlik va talonçilik sodir etganlikda gumon qilib, 20 va undan katta yoşdagi beş nafar özbekistonlik erkakni hibsga oldi, deb xabar bermoqda Japan Today NTV telekanaliga tayanib.
Gumonlanuvçilar ötgan yilning 30 dekabr kuni ertalab soat 5:30 lar atrofida uç nafar çet ellik bilan muştlaşuv uyuştiriş, söngra qiymati 210 ming iyena (taxminan 1500 dollar) bölgan hamyon va sumkalarini öğirlaş böyiça til biriktirganlikda ayblanmoqda. Aytilişiça, ular erkaklardan birining yuziga tepib, tan jarohati yetkazgan.
Politsiya ma’lum qilişiça, tört nafari noqonuniy ravişda Yaponiyada bölgan guruh mast odamlardan öğirlangan kredit kartalari yordamida sotib olingan smartfonlarni qayta sotiş orqali 8 million iyena (55 ming dollar) işlab topganlikda ham gumon qilinmoqda.
Jinoyatlar ötgan yilning avgustidan joriy yilning fevraligaça Şibuya va Şinjuku gavjum hududlarida kamida 10 ta holatda sodir etilgan. Politsiya qölga olinganlarning boşqa jinoyatlarga aloqadorligini tekşirmoqda.
Qayd etilişiça, guruh yetakçisi aralaş yakkakuraş böyiça 21 yoşli jangçi bölişi mumkin. Yaponiya OAV u advokat bilan uçraşmagunça körsatma berişdan boş tortgani haqida xabar berdi. Qolgan tört nafari ayblovlarni rad etgan.












