Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens Vatikanda yangi Rim papasi Lev XIV ni taxtga ötkaziş marosimida qöl berib körişdi. Ibodatdan söng Zelenskiy yangi pontifik, şuningdek, Vens va AQŞ davlat kotibi Marko Rubio bilan uçraşdi.
Marosimda Zelenskiy Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan yonma-yon ötirdi. Vens ham yaqin joyda edi.
Zelenskiy va Vens oxirgi marta fevral oyida Oq uyda uçraşgan, öşanda Zelenskiy, Vens va Tramp örtasida Ukrainadagi uruş va AQŞning yordami uçun minnatdorlik haqida tarixiy tortişuv röy bergandi. Aprel oyida Zelenskiy Vatikandagi Papa Fransiskning dafn marosimida AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşgandi.
Katolik çerkovining yangi rahbari öz ibodati yakunida Ukrainadagi uruşdan xavotir bildirib, şunday dedi: «Jabrdiyda Ukraina adolatli va mustahkam tinçlik böyiça muzokaralar boşlanişini kutmoqda».
Ibodatdan söng u Ukraina prezidenti va birinçi xonim Yelena Zelenskaya bilan uçraşdi.

«Biz bugungi tantanali marosimdagi adolatli tinçlik zarurligi haqidagi alohida sözlar va Ukrainaga bölgan e’tibor uçun minnatdormiz», – dedi Zelenskiy.
U Rim papasini «bunday maxsus missiyaning boşlanişi bilan» tabrikladi.
«Barça insonlar uçun adolatli tinçlik va munosib hayot haqidagi duolar ijobat bölsin», – dedi Ukraina prezidenti.
Keyinroq Ukraina prezidenti ofisi Zelenskiy Jyey Di Vens va AQŞ davlat kotibi Marko Rubio bilan ham uçraşuv ötkazgani ma’lum qilindi.

«Prezident Istanbuldagi muzokaralar va Rossiya tomonidan mustahkam sulh rejimini örnatiş uçun qöyilgan noreal şartlar haqida ma’lumot berdi. Rossiya delegatsiyasining past darajasi uning heç qanday qaror qabul qiliş vakolatiga ega emasligini körsatdi», – deyiladi prezident ofisi xabarida.
Zelenskiy Rossiya özi taklif qilgan öt oçişni töxtatiş rejimini qanday buzgani haqida ham gapirgan.
«Bularning barçasi Moskva uruşni töxtatiş niyatida emasligini körsatadi va aynan şu tufayli Rossiyani töliq, sözsiz öt oçişni töxtatişga rozi bölişga majburlaş uçun bosim ötkaziş zarur», – dedi u.










