AQŞ prezidenti Donald Tramp prezidentlikka qaytganidan beri uçinçi marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan qönğiroqlaşdi. Suhbat yakunida har ikki yetakçi qisqaça bayonotlar berdi va tafsilotlarga töxtalib ötirmadi.

Suhbat taxminan ikki soat davom etdi. Şundan söng Putin jurnalistlarga «Rossiya va Ukraina örtasida ehtimoliy tinçlik bitimi tuziş böyiça töğridan töğri muzokaralarni qayta boşlaşni AQŞ qöllab-quvvatlagani uçun Qöşma Ştatlar prezidentiga minnatdorçilik bildirgani»ni aytdi.

Şuningdek, u Rossiya Ukraina bilan «Ukraina böyiça kelajakdagi tinçlik şartnomasi memorandumi» ustida işlaşga tayyorligini ma’lum qildi.

«Qöşma Ştatlar prezidenti bilan Rossiya Ukraina tomoni bilan kelgusida mumkin bölgan tinçlik şartnomasi böyiça kelişuv tamoyillari, mumkin bölgan tinçlik şartnomasini tuziş muddatlari va boşqalar, şu jumladan, tegişli kelişuvlarga erişilgan taqdirda ma’lum muddatga öt oçişni töxtatiş kabi bir qator pozitsiyalarni belgilagan holda memorandum tuzişni taklif qilişi va işlaşga tayyorligi töğrisida kelişib oldik», – degan Putin.

«Rossiya va Ukraina tomonlari tinçlikka maksimal darajada intilişlari va barça tomonlarni qanoatlantiradigan kompromisslarni topişi kerak», – deya qöşimça qilgan u v Rossiya uçun asosiysi – «bu inqirozning asl sabablarini bartaraf etiş» haqidagi tezisini yana bir bor takrorlagan.

Donald Tramp Putin bilan suhbatining «ohangi va ruhi»ni «ajoyib» deb atadi. Uning sözlariga köra, Moskva va Kiyev «zudlik bilan» öt oçişni töxtatiş va sulh tuziş böyiça muzokaralarni boşlaydi.

«Hozirgina Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki soatlik suhbatimiz yakunlandi. Menimça, u juda yaxşi ötdi. Rossiya va Ukraina zudlik bilan öt oçişni töxtatiş va eng muhimi, uruşni yakunlaş böyiça muzokaralarni boşlaydi. 
Buning şartlari ikki tomon örtasida muhokama qilinadi, çunki ular boşqa heç kim bilmaydigan muzokara tafsilotlarini bilişadi», – deb yozdi u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

Tramp muzokaralar darhol boşlanişini ta’kidladi, u bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga, şuningdek, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya boş vaziri Jorjia Meloni, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubbga ma’lum qilgan.

U Vatikan muzokaralar ötkaziş joyi bölişga tayyorligini bildirgan.