19 may kuni Vladimir Putin va Donald Tramp uçinçi marta telefon orqali Ukraina masalasini muhokama qildi – bu safar ularning suhbati ikki soatdan köproq davom etdi. Ikkala prezident ham uni muvaffaqiyatli va foydali deb ta’rifladi, Tramp esa hatto uni «ajoyib» deb atadi. Ammo jahon matbuoti uning natijalariga tanqidiy baho berib, suhbatni Vladimir Putinning navbatdagi ğalabasi deb baholadi.

Donald Trampning Vladimir Putin bilan muloqotidan oldin Amerika yetakçisi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga qönğiroq qilgan. Wall Street Journal manbasiga köra, ular özlarining diplomatik strategiyalarini yana bir bor soliştirgan, bundan taşqari, Zelenskiy Trampni Putinni 30 kunlik otaşkesimga köndirişga çaqirgan. Keyin Tramp öşa paytda Soçidagi «Sirius» öquv markazida bölib turgan Putinga qönğiroq qilgan.

Suhbat tarjimani hisobga olgan holda ikki soat davom etdi – bu tört oy içida ikki prezidentning telefon orqali eng uzoq davom etgan muloqoti böldi.

Muloqot yakunlari haqida avvaliga Vladimir Putin jurnalistlarga ança vazmin ohangda gapirib berdi, keyin esa Tramp bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yaqqol entuziazm va optimizm bilan yozdi.

Ularning bayonotlaridagi gaplar bir-biriga töliq mos kelmaydi. Putin faqat Moskva Kiyev bilan öt oçişni töxtatişni öz içiga olişi mumkin bölgan ehtimoliy tinçlik töğrisidagi memorandum ustida işlaşni boşlaşga tayyorligini aytdi. Tramp esa Moskva va Kiyevning tinçlik böyiça muzokaralari «darhol», ikki tomon işlab çiqqan şartlar asosida boşlanişi haqida yozgan.

Putin va Tramp örtasidagi suhbatni tahlil qilarkan, jahon matbuoti optimizm uçun jiddiy sabablar topa olmadi.

«Heç qanday aniq natija yöq»

Köplab naşrlar Putin va Tramp muloqot yakunlari böyiça biror kelişuvga erişa olmaganiga e’tibor qaratmoqda. Ikki soatlik muloqot – va heç qanday muayyan natija yöq, deya ta’kidlaydi fransuzlarning Le Monde naşri.

Tramp va Putinning telefon muloqoti Rossiya-Amerika munosabatlarida Tramp – kiçik hamkor ekani haqidagi oğriqli eslatma böldi, deb