AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi global iqtisodiyotda silkinişlarga sabab böldi. Lekin oradan bir oy ötib, ikki davlat özaro bojlarni uruşgaça bölgan darajaga qaytarişga kelişib oldi. Mavzu – Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi muhokamasida.

— AQŞ–Xitoy savdo uruşi 90 kunga muzlatilmoqda. Savdo uruşida kim ğalaba qozondi?

Anvar Yöldoşev: Savdo uruşida heç kim ğalaba qozonmaydi, AQŞ-Xitoy mavzusi ham şunday. Tramp hukumatga kelganidan keyin saylovçilarga qandaydir natija körsatişi kerak edi. Şuning uçun u turli hajmlarda Xitoyga va 187 ta davlatga bojlar joriy qila boşladi.

Asosiy maqsad – dunyo davlatlari bilan kelişib, Xitoyni siquvga oliş edi, lekin Pekin ham kuraşni davom ettirdi. Tramp esa qaysi davlatga bojlarni kötargan bölsa, ularni muzlatdi yoki yon berib kelişişga majbur bölyapti.

Şuhrat Rasul: Bayden davrida AQŞning Xitoyga qöllaydigan bojlari 30 foiz edi. Öz navbatida, Xitoyning Amerika tovarlariga qöllaydigan bojlari 10 foiz edi. Ikki tomon ham tariflarni ana şu darajaga qaytarişga kelişdi.

Xitoy Amerikadan köra pastroq, 10 foiz boj belgilaşi sababi – bundan ortiği Xitoy iqtisodiyoti uçun jiddiy muammolarni keltirib çiqaradi. Xitoy AQŞdan oziq-ovqatlar va boşqa muhim tovarlarni xarid qiladi.

Savdo ziddiyatini Amerikaning özi boşladi va özi taslim böldi. Trampning motivi ikki davlat örtasidagi savdo disbalansini töğrilayman deb boşlagan edi. Lekin bu Amerika içida katta noroziliklarni keltirib çiqardi. Aynan Trampga ovoz berganlarning ham köpi bu uruşdan zarar kördi.

Ma’lumot uçun: 2025 yilning dastlabki uç oyida AQŞ va Xitoy örtasidagi tovar savdosi hajmi 134,5 milliard dollarni taşkil etdi. Bu davrda AQŞ Xitoyga 31,8 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan bölsa, Xitoydan 102,7 milliard dollarlik import amalga oşirildi.

Bektoş Berdiyev: Tramp şu yöl bilan Xitoyni tiz çöktiraman deb öylagan edi. Lekin mana, yon berişga majbur böldi. AQŞ prezidentining xarakterini hisobga olsak, u heç qaçon men yon berdim demaydi.

Trampning faoliyatida siyosiy motivlar yetakçi örin tutmaydi, asosan iqtisodiy kelişuvlar uning uçun ustuvor. Kerak bölsa, Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In bilan ham uçraşuv qiladi.

Kamoliddin Rabbimov: Xitoy hokimiyatiga kim kelişidan qat’i nazar, hokimiyatga kelgan birinçi oylarda u Vaşingtonga taklif qilinadi va dunyodagi tartibot, geosiyosat va geoiqtisodiyot böyiça ma’lum bir kelişuvlarga erişiladi. Si Jinping va undan avvalgi Xitoy liderlari hokimiyatga kelganda ham xuddi şunday bölgan. Rasman Vaşingtonga taklif qilingan.

Qiyoslasak, Putin 1999 yilning dekabrida hokimiyatga keldi, biror marotaba Vaşingtonga taklif qilinmadi. Bu degani Putinga har doim ehtiyotkorona qaraş bölgan. Zbignev Bjyezinskiy aytganidek, u xavfli öyinçi. Şu tafakkur mana, özini oqladi.

Xitoy bilan AQŞ örtasidagi munosabatlarga töğri baho berişimiz kerak: bu ikkala davlat strategik bir-biriga raqib, ular örtasida savdo-iqtisodiy, geosiyosiy va geomafkuraviy frontlarda gibrid uruş ketyapti.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.