Ukraina qonga belanmoqda, Tramp qölini yuvmoqda, Yevropa tomoşabin – siyosatçilar, ekspertlar va jurnalistlar Putin va Tramp muloqoti haqida
|20:36 / 21.05.202513 55010 min
Mandel Ngan / AFP / Scanpix / LETAMandel Ngan / AFP / Scanpix / LETA
19 may kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp ikki soatga yaqin vaqt davomida telefon orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi. Bu ularning Tramp Oq uyga qaytganidan keyingi davrda uçinçi telefon muloqoti böldi. Amerika yetakçisi nihoyat Putinni Ukrainada öt oçişni töxtatişga rozi bölişga köndirişi – agar rad etsa, Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar kiritişi taxmin qilingan edi. Unisi ham, bunisi ham bölmadi. Muloqotdan söng Putin tinçlik örnatiş böyiça qandaydir memorandum taqdim etişga va’da berdi, Tramp esa öt oçişni töxtatiş talabi va sanksiyalar tahdidi haqida eslamadi. Buning örniga u, aslida, AQŞ tinçlik jarayonidan çiqib, Rossiya va Ukrainani mustaqil ravişda – katta ehtimol bilan, buning uçun platforma taqdim etişga tayyor bölgan Vatikanda muzokaralar olib borişga qöyib berişini aytdi. Bunday natija, şubhasiz, Ukraina va Yevropaning hafsalasini pir qildi: Financial Times ma’lumotlariga köra, Yevropa yetakçilari Tramp va Putin örtasidagi suhbat natijalaridan taajjubga tuşişgan. «Meduza» siyosatçilar, ekspertlar va jurnalistlar u haqida yana nimalar yozayotganini örganib çiqdi.
Barçamiz uçun AQŞ muzokaralardan va tinçlikka erişiş jarayonidan uzoqlaşmasligi juda muhim, çunki bunday [uzoqlaşişdan] manfaatdor bölgan yagona şaxs – Putin. Agar Rossiya qotilliklarni töxtatmasa, agar Putin noreal şartlarni qöyadigan bölsa, bu Rossiya uruşni çözişda davom etişi va Yevropa, Amerika hamda butun dunyo qöşimça sanksiyalar bilan javob berişga munosib ekanini anglatadi.
Trampning pozitsiyasi avvaliga öt oçişni töxtatişga erişiş, keyin esa muzokaralar olib boriş edi. Ammo endi u amalda Putinning pozitsiyasiga köndi: avvaliga muzokaralar, şundan keyingina öt oçişni töxtatiş. Uzoq davom etadigan uruş retsepti.
Prezident [Tramp] Putinga umuman bosim ötkazişga urinmagan bölişi mumkin. Yaxşi, ular ikki soat gaplaşibdi, ammo yakunda nima böldi? Putin maksimalistik talablarini qöyişda davom etdi. Bu muloqotni faqat Putin özi istaganiga ega bölganining dalili sifatida qabul qiliş mumkin.
Andrea Kendall-Teylor ötmişda — Amerika razvedkasining Rossiya böyiça katta zobiti
Saylovçilarga tezkor kelişuv va’da qilgan Tramp, Oq uy matbuot kotibining aytişiça, «çarçagan», uning ma’muriyati a’zolari esa [tinçlik] jarayonida iştirok etişdan boş tortiş bilan tahdid qilmoqda. Bu tahdid Ukrainadagi uruş – birinçi navbatda Yevropaning uruşi ekani haqidagi ğoyaga asoslanadi. Ammo u Tramp öylagani kabi Amerikadan uzoqda emas. Putinning uzoq muddatli maqsadlari Ukraina bilan çeklanib qolmasligi tayin – u Yevropadagi uruşdan keyingi tartibotni qayta körib çiqmoqçi. Putin uçun bu nol summali öyin: Rossiyaning ta’sirini faqat Amerikani zaiflaştiriş orqali kuçaytiriş mumkinligiga uning işonçi komil. Tramp tanlov qarşisida turibdi: Kremlga hozirning özida, Ukrainada yoki keyinroq zarba beriş. AQŞ qança uzoq kutadigan bölsa, buning narxi ham şunçalik oşadi.
Deniyel Koçis Hadson instituti qoşidagi Yevropa va Yevrosiyo markazi katta ilmiy xodimi
Uruşni maqbul şartlar bilan tugatiş va Trampning tinçlikparvarlik merosini tasdiqlaş hali ham imkonli iş. Ammo buning uçun u öz samarasini bera oladigan yagona strategiyani qöllaşi kerak: Putinni zaiflaştiriş va kuç pozitsiyasidan turib muzokaralar olib boriş. Putin mustahkam tinçlikdan manfaatdor emas. Hamma narsa Kreml Ukrainadagi jang maydonlarida öz harbiy maşinasini saqlab qoliş va NATO bilan ehtimoliy uruşga tayyorgarlik köriş uçun qölidan kelganini qilayotganini körsatadi. Rossiya Ukrainada qança köp narsaga erişsa, bunday ssenariy ehtimoli şunça ortadi.
Maks But The Washington Post şarhlovçisi va Xalqaro munosabatlar böyiça kengaş ilmiy xodimi
Agar Ukraina öt oçişni bir tomonlama töxtatsa, u yakson etilgan bölardi. Agar Rossiya öt oçişni töxtatsa, uruş yakunlanardi. Ammo Tramp heç qaçon bu oddiy haqiqatni oşkora aytmaydi – va, ma’lum bölişiça, tor doirada ham. <…> Uning tinçlikparvar sifatidagi muvaffaqiyatsizligi Ukraina uçun halokatli bölmasligi mumkin, ammo bu uning katta kelişuvlar ustasi bölişga da’volarini çippakka çiqarişi aniq. Rossiyaning qat’iyatiga duç kelganida, u muvaffaqiyatli muzokaralarning asosiy tamoyilini buzdi: bosim ötkaziş vositalaridan foydalanmadi. Putin uni ahmoq qildi, Tramp esa, aftidan, buni hatto anglamadi ham.
Putin Trampga real yon bermasdan oraliq natijani taklif qiliş yölini topganga öxşaydi. Uning ğoyasi – memorandumni, muzokaralar tamoyillari va jadvalini belgilaydigan asosiy hujjatni kelişib oliş. Putin «prinsiplar» haqida gapirganda, Rossiya öt oçişni töxtatişga rozi bölişi mumkin bölgan şartlarni nazarda tutadi. Aslida, gap sulh şartlari haqida ketmoqda. Uning maqsadi – Ukrainani Istanbulda boşlangan jarayonga qaytariş va aftidan, u Trampning qöllab-quvvatlaşiga erişgan. Masalan, u Ukrainaga harbiy yordamni muzlatişni öz içiga olişi mumkin bölgan kengroq kelişuv doirasida öt oçişni töxtatişga rozi bölişi ehtimoli yöq emas.
Tramp ham, Putin ham yangi dunyo tuzilişi masalasiga ötişni juda xohlaydi, bu ularda ilhom uyğotadi. Ammo bungaça halok bölganlarning jasadlari va minalaştirilgan Ukraina maydoni ustidan ötiş kerak. <...> Uruşni davom ettiriş mantiğini faqat uruşdan voz keçiş mantiği bilan buziş mumkin. Tramp ham Ukraina, ham Rossiya bilan iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalanib, bu mantiqni işga solişga harakat qilmoqda. Har bir bunday harakatni olqişlaş kerak. Hozir boşqa tinçlikparvarlar yöq.
Yevroittifoqdan anonim diplomat
U [Tramp] ketadi. Ukrainani qöllab-quvvatlaş va moliyalaştiriş, Rossiyaga bosim ötkaziş: endi bularning barçasi bizning işimiz.
Donald Tramp bir kunda tugatişni va’da qilgan uruş amalda u umuman tugatolmagan uruşga aylandi. AQŞ muzokaralar jarayonidagi yetakçilikdan voz keçib, uruşayotgan tomonlarni öz holiga taşlab qöymoqda. Ukraina heç qaçon Tramp uçun ustuvor masala bölmagan. Uning geosiyosiy ambitsiyalari doirasida Rossiya bilan munosabatlarni tiklaş har doim muhim sovrin sifatida körilgan – ayniqsa, u asosiy raqib sifatida Xitoyni körayotgan bir paytda. Global kontekstda Ukraina Tramp uçun şunçaki ikkinçi darajali epizod. Va bu yaqqol sezilib turibdi.
Tramp talab qilayotgan muzokaralar endi Rossiyaga qarşi qöşimça sanksiyalar qöllamaslik va Ukrainaga qöşimça yordam bermaslik uçun bahonaga aylandi. Bu Putin uçun ikki tomonlama ğalaba. U özining maksimalistik talablari uçun heç qanday zarar körmaydi va AQŞ tomonidan Ukraina şaharlarini bombardimon qilişni va ukrainaliklarni öldirişni töxtatişni talab qiladigan bosimga duç kelmaydi, şu bilan birga ma’nosiz muzokaralar, ehtimol, yillarça davom etadi. Ikki hafta oldin balandparvoz bayonot bergan Yevropa endi bir çetda noqulay jilmaymoqda. Ukraina yolğiz qonga belanişda davom etmoqda.
Donald Tramp, körinişidan, Rossiyaga qarşi qöşimça sanksiyalar joriy etiş haqida öylamayapti. U Vladimir Putinni iqtisodiy rağbatlar va şaxsiy joziba yordamida işontira olişiga işonadi. Fevral oyida Tramp Zelenskiy tinçlikka intilmayapti degan qarorga kelgaç, darhol Kiyevga qurol-yaroğ va razvedka ma’lumotlarini yetkazib berişni töxtatgandi. Öşandan beri Ukraina prezidenti zudlik bilan öt oçişni töxtatişga tayyorligini bildirib kelmoqda. Putin esa aniq muddatlarni aytmasdan muzokaralar olib borişni ma’qul köradi va bir vaqtning özida harbiy harakatlarni davom ettiradi. Tramp bunga yöl qöymoqda.
Uning [Trampning] işbilarmonlik tuyğusi şuni körsatadiki, kelişib oliş yaxşiroq bölgan raqib bilan ziddiyatga uzoq muddatli sarmoya kiritişdan ma’no yöq. Lekin bu yerda heç qanday «bitim» bölişi mumkin emas. Putin sotib olmaydi – u ğalaba qozonişga intiladi. Tramp esa AQŞ ittifoqçilarini qöllab-quvvatlaşdan boşqa sotadigan narsasi yöq. Amerikaning yetakçiligi önlab yillar davomida ittifoqçilarga mehribonlik, ulkan yumşoq kuç va harbiy gegemonlikka asoslangan edi. Ammo Tramp Amerikaning rolini kamtarroq deb biladi. Çamasi, u çekingan. Agar şunday bölsa, unda AQŞ 1940-yillardan beri eng muhim tinçlik şartnomasini Vatikanga topşirdi.