Xitoyga tegişli «Tyangun» kosmik stansiyasidan Yerda uçraydigan bakteriyaning yangi ştammi — Niallia tiangongensis topildi. Bakteriya nomunalari 2023 yilning mayida töplangan.
Qayd etilişiça, yangi ştamm kosmik stansiya kayutasidan topilgan bölib, ular steril salfetkalarga yiğilgan, muzlatilgan va Yerga olib kelingan. Yerdan taşqarida mikroblarning xatti-harakatlarini örganiş kosmonavtlarning soğliğini himoya qiliş va kosmik kema tizimlarini saqlaş uçun juda muhim.
Olimlarning ta’kidlaşiça, Niallia tiangongensis kosmosning ekstremal şaroitlariga moslaşa oladi. U Yerdagi şakliga qaraganda radiatsiya sababli yuzaga kelgan şikastlanişlarni yaxşiroq tiklaydi va hujayra hamda töqimalarning faoliyatini buzuvçi nomutanosiblik — oksidlovçi stressga qarşi kuraşadi.
Ştammning koinotda qanday omon qolişiga oid ma’lumotlar mikroblarni nafaqat Yer orbitasidan taşqarida, balki qişloq xöjaligi, tibbiyot va boşqa sohalarda ham nazorat qiliş strategiyalarini işlab çiqişda yordam berişi mumkin. Bakteriyaning ma’lum organik birikmalarni parçalaş qobiliyati olimlarga çiqindilarni qayta işlaş sohasida yangi imkoniyatlar oçadi.








