Safar davomida özbek diasporasi faollari, jumladan, madaniyat markazlari va jamoat birlaşmalari rahbarlari, şuningdek, mamlakat fuqarolarini mehnat faoliyatiga jalb qilişdan manfaatdor bölgan turk kompaniyalari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Ularda "Özbekiston madaniyati – birdamlik va hamkorlik jamiyati" rahbari Çöqay Köçar, "Özbekiston xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati" direktori Ozoda Islomova, "Özbekiston sanoatçilari va tadbirkorlari xalqaro jamiyati" rahbari Furqat Olimjonov va boşqalar qatnaşdi.
Suhbat çoğida hamyurtlar huquq va manfaatlarini ta’minlaş, qonuniy mehnat faoliyatini himoya qiliş va ijtimoiy moslaşuvi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş istiqbollari muhokama qilindi. Özbek diasporal taşkilotlarini jipslaştiriş, ularni madaniy-ma’rifiy loyihalarga jalb etiş masalalariga alohida töxtalib ötildi.
Şuningdek, Özbekiston fuqarolarini mehnat faoliyatiga jalb qilişdan manfaatdor bölgan Turkiyaning Rixos Hotel A.Ş, Sheraton Hotel A.Ş, Kalyon A.Ş, Ziraat Tarım, Hayvancılık ve Yatırım A.Ş, Cengiz Holding, MedLoc Logistics va Eczacıbaşı Holding kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar ötkazildi. Unda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, migrantlarning huquqlarini himoya qiliş kölamini oşiriş masalalari xususida fikr almaşildi.
Bundan taşqari, safar davomida Turkiyaning çet el fuqarolari huquqlarini himoya qilişga ixtisoslaşgan yetakçi yuridik firmasi rahbariyati bilan uçraşuv ötkazildi. Muloqot çoğida Turkiya hududida vaqtinça yaşayotgan va işlayotgan Özbekiston fuqarolariga huquqiy yordam körsatiş böyiça hamkorlikning aniq yönalişlari körib çiqildi.









