25 may kuni Rossiya va Ukraina «1000 ga 1000» formatida asirlar almaşinuvini yakunladi. Bu haqda Istanbuldagi muzokaralarda kelişib olingandi.

Almaşinuv uç kun davom etdi. Uçinçi kuni tomonlar 303 nafardan asirni qaytardi.

Harbiy asirlar bilan işlaş böyiça Ukraina muvofiqlaştiruvçi ştabi ma’lumotlariga köra, uç kunlik «1000 ga 1000» almaşinuvi bu yilgi oltinçi va keng kölamli bosqin boşlanganidan beri 65-almaşinuv böldi. Muzokaralar jarayoni va almaşinuvlar doirasida 2022 yil mart oyidan buyon Muvofiqlaştiruvçi ştab tomonidan Ukrainaning jami 5757 nafar fuqarosi ozod qilingan. Yana 536 nafar ukrainalik ayirboşlaşsiz qaytarilgan.

«Ozodlikka çiqarilgan himoyaçilar barça zarur tibbiy yordam va reabilitatsiya, şuningdek, asirlikda bölgan vaqt uçun tölanişi kerak bölgan barça pul tölovlari va bir martalik moddiy yordam oladi. Ukraina ozod qilinganlarning Rossiya asirligidagi uzoq muddatli izolyatsiyadan keyin jamiyatga reintegratsiyasini ta’minlaydi», – deyiladi ştab xabarida.

Muvofiqlaştiruvçi ştabning telegram-kanalida aytilişiça, Harbiy-dengiz kuçlari, Harbiy-havo kuçlari, Desant-şturm qöşinlari, Hududiy mudofaa kuçlari, şuningdek, Milliy gvardiya, Davlat çegara xizmati va Davlat transport maxsus xizmati harbiy xizmatçilari ozod qilingan. Ular orasida Mariupolni himoya qilişda qatnaşgan 70 harbiy ham bor.

Almaşuvning birinçi kuni qaytarilgan rossiyalik harbiylar. Foto: AP/TASS

Rossiya Mudofaa vazirligi ham almaşinuv yakunlanganini ma’lum qildi. «25 may kuni Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan yana 303 nafar rossiyalik harbiy xizmatçi qaytarildi. Buning evaziga Ukraina qurolli kuçlarining 303 nafar harbiy asiri topşirildi», – deyiladi vazirlik xabarida.

«Barça rossiyalik harbiy xizmatçilar va fuqarolar Rossiya Federatsiyasiga Rossiya Mudofaa vazirligi tibbiyot muassasalarida davolaniş va reabilitatsiyadan ötiş uçun olib kelinadi», – deyiladi xabarda.

«Interfaks» Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, ayni paytda rossiyalik harbiylar Belarus hududida bölib, ularga psixologik va tibbiy yordam körsatilmoqda.

Bir kun oldin tomonlar 307 nafardan fuqarosini almaşgandi.