Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida bir kunda uç bola suvga çökib halok böldi. Viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi matbuot kotibi Baxtigul Qarşiyeva holatni Kun.uz’ga tasdiqladi.
Ma’lum bölişiça, 24 may kuni Paxtaçi tumanidagi 6-umumta’lim maktabining 6-sinf öquvçilari A.S. va N.M. çömiliş maqsadida hududdagi fermer dalasidagi hovuzga borgan. Çömiliş jarayonida ular hovuzga çökib, vafot etgan.
Öşa kuni sodir bölgan yana bir holatda esa tumandagi 32-umumta’lim maktabining 8-sinf öquvçisi B.N. ariqqa çökib halok bölgan.
“Tuşdan söng otasi bilan dalaga mol suğorgani borgan. Mollarni suğorib bölgaç otasi ortga qaytgan, bola esa dalada qolgan. Ariqqa yiqilgan, huşidan ketganmi, hali biz ham aniq bilmaymiz. Ekspertiza xulosalariga qarab aniqlanadi endi. Otasining aytişiga qaraganda, çökib öladigan ariq bölmagan”, deydi maktab direktori Şerali Eşdavlatov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Kun.uz’ga kelib tuşgan audioda eşitilişiça, kuzatilgan uşbu holatlardan keyin Paxtaçi tumani hokimi Qayum Xuşbaqov hududdagi barça maktablarning sinf rahbarlariga uyma-uy yurib, öquvçilar ota-onasining yonida yoki yöqligini tekşirib çiqişni topşirgan.
Samarqand viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi matbuot kotibi Baxtigul Qarşiyevaga köra, holatlar dars vaqtida bölmagan. Şuningdek, yozgi ta’til boşlanayotgani munosabati bilan taqiqlangan hududlarda çömilmaslik, bolalarni çömiliş havzalariga yubormaslik böyiça kafolat xatlari olingan.
Oldinroq Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 14 yoşli yigit kanalga çökib ketgandi. Bolaning jasadi oradan bir kun ötgaç, FVB ğavvoslari yordamida suvdan olib çiqilgan.









