Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida sodir bölgan fojia tört nafar bolaning umriga zomin böldi. Yuk taşiş uçun möljallangan elektromopedda sayrga çiqqan oila a’zolari va bolalar Narpay kanaliga tuşib ketgan. Sakkiz kişidan tört nafari qutqarib qolingan bölsa, yana tört nafar voyaga yetmagan bola halok bölgan.

Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, guvohlar va bolalarni qutqarişga harakat qilgan insonlar bilan suhbatlaşdi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga köra, 31 may kuni soat 20:25 da tumandagi Ukraş mahallasi hududidan oqib ötuvçi Narpay kanaliga elektromoped tuşib ketgani haqida xabar kelib tuşgan.

Suriştiruvlar davomida aniqlanişiça, 1984 yilda tuğilgan fuqaro öz boşqaruvidagi elektromopedga turmuş örtoği hamda olti nafar voyaga yetmagan bolani mindirgan holda sayr qilayotgan bölgan. Yöl davomida haydovçi boşqaruvni yöqotgan va transport vositasi kanalga tuşib ketgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvçilar kanalga tuşib ketgan sakkiz kişidan tört nafari mahalliy aholi tomonidan qutqarib qolinganini aniqlagan. Qolgan tört nafar bola esa suvda olib borilgan qidiruv işlari davomida topilgan.

«Bir qizçani soçidan uşlab çiqarib oldim»

Hodisani birinçi bölib körgan Nosir Kenjayev fermer xöjaligida işlayotgan paytida kanal tomondan yordam çaqiriqlarini eşitgan. U elektromoped suvga tuşayotganini uzoqdan körib qolgan.

«Dambaga yaqinlaşganimda bir qizça suvda aylanayotgan ekan. Huşidan ketiş arafasida edi. Soçidan uşlab, keyin qölidan tortib çiqarib oldim», deydi Kenjayev.

Qutqarilgan qizça esa suvda qolib ketgan ukasi va qarindoşlarini qutqariş uçun yana kanalga tuşişga uringan.

«Ukamlar bor, meni qöyib yuboring», deb yiğlardi. Uni odamlarga topşirib, yana boşqalarni qutqarişga harakat qildik», deydi suhbatdoşimiz.