Qoidalar qimmatli qoğozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini oliş va unga yöl qöymaslik tartibini belgilaydi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qimmatli qoğozlar bozorini tartibga soliş böyiça vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Qimmatli qoğozlar bozorining professional iştirokçisiga yolğon (çalğituvçi) vaziyatlar yaratiş, şu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
🔸 mulkdorning özgarişiga olib kelmaydigan bitimni amalga oşiriş;
🔸 yolğon yoki boşqa bozor iştirokçilarini çalğitadigan har qanday ma’lumotlarni beriş va tarqatiş;
🔸 uçinçi şaxslarni qimmatli qoğozlarni manipulyatorlar uçun qulay narxda sotib olişga (sotişga) undaş maqsadida narxlarini sun’iy ravişda oşirişga/pasaytirişga, soxta yoki çalğituvçi faol savdo taassurotini uyğotişga qaratilgan harakatlarni sodir etiş.
Qimmatli qoğozlar savdosining taşkilotçilari va boşqa iştirokçilar hiyla-nayrang alomatlari mavjud bölganda, bu haqda vakolatli organni bitim röyxatdan ötkazilgan paytdan e’tiboran 3 kun içida xabardor qilişi şart.












