Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva 28 may kuni Moskva şahrida bölib, Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbari Anton Vayno, uning örinbosarlari Aleksey Gromov va Sergey Kiriyenko hamda RF prezidentining yordamçisi Vladimir Medinskiy bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Sergey Kiriyenko bilan uçraşuvda Özbekiston-Rossiya hamkorligining asosiy yönalişlari muhokama etildi. Ikki davlat rahbarlari örtasidagi işonçli munosabatlar strategik şeriklik va ittifoqçilikning mustahkam poydevori ekani alohida ta’kidlandi.

Yoşlar va kadrlar siyosati masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantiriş, jumladan, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va rahbarlarning yangi avlodini tarbiyalaş böyiça tajriba almaşiş va qöşma taşabbuslarni amalga oşirişdan tomonlar manfaatdor ekani qayd etildi.

«Ta’lim sohasidagi hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi: Rossiya oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar soni tobora ortib bormoqda. Özbekistonda Rossiyaning bir qator yetakçi universitetlari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Rossiya prezidentining yordamçisi Vladimir Medinskiy bilan ham uçraşuvda madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

«Madaniyat, ta’lim va tarixiy merosni saqlaş sohalaridagi qöşma taşabbuslarga alohida e’tibor qaratildi. "Yangi Quddus" muzeyida özbek san’ati körgazmasining oçilişi va Özbekistonda Rossiya madaniyati kunlarining ötkazilişi xalqlarimiz örtasidagi yuqori darajadagi işonç va özaro qiziqişning yorqin namunasidir», – deya qayd etdi Mirziyoyeva.













