Özbekiston prezidentining yordamçisi Saida Mirziyoyeva bugun, 28 may kuni Rossiya tomonining taklifiga binoan Moskva şahrida Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbari Anton Vayno bilan uçraşuv ötkazdi.
Qayd etilişiça, uçraşuvda yuqori sur’atda rivojlanib borayotgan va aniq natijalar berayotgan Özbekiston-Rossiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.

«Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni muvofiqlaştiriş va amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi. Kelişuvlar ijrosini monitoring qiliş böyiça yaratilayotgan mexanizm davlatlarimiz rahbarlari tomonidan qöyilgan vazifalarni hal etiş borasida Prezident administratsiyalari örtasida hamkorlikning samarali vositasiga aylanişiga işonç bildirildi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva özining Telegram kanaliga.

Şuningdek, uçraşuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy şeriklikning asosiy yönalişlari, jumladan, innovatsion loyihalar va mintaqalararo aloqalar atrofliça muhokama qilingan. Gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yönalişlari va mehnat migratsiyasi masalalari yuzasidan fikr almaşilgan.
«Tomonlarni qiziqtirgan barça masalalar böyiça yaqindan muvofiqlaştiriş va birgalikda işlaş muhimligi ta’kidlandi», — deya ta’kidlanadi xabarda.













